Vazirlik tomonidan hujjatlar bilan işlaş va ijro intizomini mustahkamlaş borasida tizimli iş mavjud emasligi, mahallalarda amalga oşirilişi lozim bölgan “Obod xonadon”, “Obod köça” va “Obod mahalla” mezonlarini amaliyotga joriy etiş böyiça ham közga körinarli işlar qilinmayotgani, mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizlikni ta'minlaş, jinoyatçilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini oliş böyiça profilaktik tadbirlar talab darajasida taşkil etilmayotgani, fuqarolar yiğinlarining moddiy-texnik holati talab darajasida emasligi, mahallalardagi kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş va tölaş masalalarida ham mahalla raislari va xodimlari tomonidan qonun buziliş holatlari qayd etilayotgani jiddiy tanqid qilindi.
Ma'lum bölişiça, 39ta mahallaning idorasi mavjud bölmagani sababli mahalla raisi öz xonadonida faoliyat yuritib kelmoqda. Tuman (şahar) hokimlari, sektor rahbarlari uşbu mahallalarni hududdagi böş binoga joylaştiriş böyiça heç qanday çoralar körmagan. Bu esa mahallaning faoliyat samaradorligiga özining salbiy ta'sirini ötkazibgina qolmay, aholi uçun ham noqulayliklar keltirib çiqarmoqda. Boş vazir uşbu holatni şarmandalik, deb atadi.
“Mahalliy davlat boşqaruvi organlari rahbarlarining egallab turgan vazifasiga munosabati qandayligini şundan ham bilsa böladi. Göyo ularning mahallaga heç qanday aloqasi yöq, xuddiki ular mahallada yaşamaydi. Rais mahalladoşlariga öz uyida xizmat körsatsa, öz uyida fuqarolarni qabul qilsa, axir bu – şarmandalik-ku. Joylardagi öz idorasiga ega bölmagan mahallalarga zamonaviy va barça qulayliklarga ega bino qurib beriş böyiça Quriliş vazirligiga topşiriq böladi. Bu masalani tezroq hal qiliş kerak”, - deya boş vazirning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, boş vazir raisligida videoselektor ötkazilayotgani, ayrim mahallalar raislari keskin tanqid qilingani xabar berilgandi.













