AQŞ prezidenti Jo Bayden Isroilga Yaqin Şarqda keng kölamli uruş va keskinlaşuvning oldini oliş uçun Eronga javob qaytarmaslikni maslahat berdi. Bu haqda Amerikaning The New York Times (NYT) gazetasi 14 aprel, yakşanba kuni yozgan.

Naşrning AQŞ rasmiylariga tayanib xabar berişiça, bir kun avval Isroilga uçirilgan deyarli barça raketalar va uçuvçisiz uçiş apparatlarining tutib olinişi mamlakatni Eron bilan qarama-qarşilikda oldinga olib çiqdi va Isroil duşmanlariga özini himoya qila olişini isbotladi. Binobarin, NYT suhbatdoşlarining aytişiça, Isroil tomoni «öt oçişi şart emas».

Isroil Eron hujumiga javob haqida va’da berdi va uni «uruş e’lon qiliş» deb atadi

Ayni paytda Isroil prezidenti Itsxak Gersog 14 aprel kuni Sky News telekanaliga bergan intervyusida Eron hujumi «uruş e’lon qiliş» ekanligini aytdi. U Isroil keyingi harakatlar uçun «barça variantlarni körib çiqayotganini» qöşimça qildi va mamlakat özini himoya qiliş uçun zarur çoralarni körişiga işonç bildirdi. Avvalroq Isroil OAV davlat Eron hujumiga «kuçli va jiddiy javob» tayyorlanayotgani haqida yozgan edi. NYT xabar berişiça, hujum sodir bölgan keçada Isroil rasmiylari amerikalik şeriklari bilan suhbat çoğida qizişib ketgan. 

Keyinroq Amerikaning CNN telekanali Isroildagi manbasiga tayanib, mamlakat Tehron hujumiga qanday javob berişni hali hal qilmaganini bildirdi. 

Eronning Isroilga hujumi

14 aprelga ötar keçasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyuştirdi. Isroil mudofaa kuçlari ma’lumotlariga köra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilişga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqçilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat taşqarisida urib tuşirişga muvaffaq bölgan. Faqat bir neçta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tuşib, «kiçik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.

Erondan taşqari, Isroilga hujumlar Yaman husiyçilari, şuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oşirilgan. 

10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi binosiga uyuştirilgan hujum uçun javob qaytariş bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok böldi. Şundan söng Eronning oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanişini» aytdi.