Özbekistondagi sud qarorlarini ijro etiş tizimida yirik islohotlar ötkazilişi kutilmoqda.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlaş departamenti tugatilmoqda.

Departament funksiyalari Boş prokuratura qoşida taşkil etiladigan majburiy ijro etiş byurosiga ötkaziladi.

Byuro nafaqat sud qarorlarini ijro etiş bilan şuğullanadi, balki kommunal tölovlar tizimi ham uşbu taşkilot nazoratiga ötkaziladi. 

Endilikda gaz va elektrga oid barça kommunal tölovlarni undiriş bilan aynan prokuratura qoşidagi byuro xodimlari şuğullanişadi.

Bu ma'lumot sud departamentidagi manba tomonidan ham tasdiqlandi. Manbaning sözlariga köra, yangi byuroda 10 ming nafarga yaqin xodim işlaydi. Taqqoslaş uçun, sud departamenti xodimlari soni 2 ming nafardan ortiq.

Ayni vaqtda Boş prokuratura tomonidan tegişli rasmiy farmon e'lon qilinişi kutilmoqda.