Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi navbatdagi yozgi Olimpiya öyinlarida medal qölga kiritişi ehtimoli yuqori bölgan sportçilarni tanlab oladi va ularga qolgan atletlarga nisbatan sezilarli darajada köproq miqdorda stipendiya tölay boşlaydi. Bu haqda bugun, 1 noyabr kuni Milliy olimpiya qömitasida taşkil etilgan yiğilişda iştirok etgan Kun.uz muxbiri qömita boş kotibi Jasur Matçanovga asosan xabar bermoqda.

«Tokio-2020 Olimpiadasida haqiqatdan ham medal olişi mumkin bölgan öyinçilarni ularning reytingiga qarab ajratib oldik. Ularning Milliy olimpiya qömitasidan oladigan stipendiyasi boşqalariga nisbatan kamida 15 millionga farq qiladi. Ularning stipendiyasi miqdori 15 milliondan 20 milliongaça etib belgilanadi. Qolganlarniki esa 2-5 million atrofida bölişi mumkin. Maqsad – sportçilar reytingda özlaridan yuqorida turgan raqobatçilariga yetişga intilişsin», - deb aytib ötdi Matçanov.

«Endilikda saralab olingan sportçilar yil 12 oy davomida xorijda yiğin ötkazişi böyiça topşiriq olganmiz. Erkin va yunon-rum kuraşi bölsa, Gruziyaga borişsin, Kavkazga borişsin; boks bölsa, Kubada tayyorlansin, Yevropaga borsin. Har bir sport federatsiyasi haqiqatda medal olişga qodir sportçilarini biladi. Ularning jahon miqyosidagi reytingi ham baland. Öşa sportçilarni saralab olamiz. Ularning ovqatlaniş rejimi ham, ularga berilayotgan e'tibor ham, stipendiya ham alohida böladi. Uy-joy yoki maşinasi böyiça muammosi bölsa, buni ham hal qilamiz», - deya ta'kidladi MOQ boş kotibi.

Majlisda, şuningdek, prezident topşiriği bilan Prezident Adminstratsiyasida Jismoniy tarbiya va sport böyiça alohida sektor taşkil etilgani ham qayd etib ötildi.