Hongkong universiteti tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leungning ta'kidlaşiça, koronavirusning yuquvçanligi uning DNKsida yuz bergan mutatsiya sababli mart oyidagiga nisbatan 30 foizga ortdi. Uşbu olim Hongkong hukumatiga koronavirus böyiça maslahatlar berib boradi.

South China Morning Post naşrining xabar berişiça, olim öz fikrlari bilan radioeşittirişlardan birida bölişgan. Uning ta'kidlaşiça, bu borada xalqaro tadqiqot ötkazilgan. U koronavirusning eng tarqalgan ştammida mutatsiya yuz bergani, buning natijasida esa uning yuquvçanligi ortganini körsatgan. Mart oyida har bir bemor 3 nafar soğlom kişiga virusni yuqtirgan bölsa, hozirgi kunda 4 kişini zararlamoqda. Bu ma'lumotlar çeklovlar yumşatilgandan keyin koronavirusning yangitdan avj olişi kuzatilayotgan Hongkongdagi statistika bilan ham tasdiqlangan.  

Biroq yaxşi yangilik şundaki, hozirça virus mutatsiya natijasida “qirğinbarotroq”qa aylanganining heç qanday belgisi yöq.

Olimning ta'kidlaşiça, Hongkongni koronavirusning yangi mahalliy avj olişi kutmoqda. Şu sababli u hukumatni keksa odamlarni koronavirusga testlaşga alohida e'tibor qaratişga çaqirgan. 

Iyul boşida AQŞning boş infeksionisti Entoni Fauçi koronavirusning yangi ştammi aniqlanganini ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlaşiça, virus mutatsiyalar natijasida tezroq tarqala boşlagan. Buning natijasida uning bemor tanasidagi miqdori ortib boradi.  

Avvalroq Jahon soğliqni saqlaş taşkilotida koronavirus mutatsiya oqibatida tajovuzkorroqqa aylanmagani ma'lum qilingan.