Andijon viloyatida aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan ko‘mir talon-toroj qilindi
Andijon, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlari «Ko‘mir ta’minot» korxonasi mudirlari 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan ko‘mirni sotib yuborgan.

Foto: Andijon viloyati prokuraturasi
Andijon viloyatida mansabdorlar kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 3 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Ko‘mir ta’minot» MChJning Andijon tuman ko‘mir ombor mudiri Sh. B. 362,3 mln so‘mlik 1220 tonna, Buloqboshi tuman ko‘mir ombor mudiri S.N. 178,3 mln so‘mlik 445,5 tonna hamda Jalaquduq tuman ko‘mir ombor mudiri Y.Yu. 421,7 mln so‘mlik 1419 tonna ko‘mirni fuqarolar olgani to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlagan. So‘ngra ularni sotib, talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan ombor mudirlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a «bandi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Ular Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
-
Urumchida O‘zbekiston-Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi

20:20 / 05.02.2025