Omonqöton milliy tabiati boği – tabiiy ekotizimlarni saqlaş, ilmiy tadqiqotlar olib boriş va aholining ekologik madaniyatini oşiriş maqsadidagi loyihalardan biri.
Bu yerda 1300 turdan ortiq ösimlik, noyob, qimmatbaho daraxtlar, 126 turdan ortiq umurtqali hayvon, 100 turdan ortiq quş uçraydi. Ösimliklarning 101 turi muhofazaga muhtoj hisoblanadi. Noyob hayvonlar va quşlarning 9 turi esa Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqi (IUCN) Qizil röyxati va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Boğ hududidagi daraxtlarning bir qismi 1878 yilda, örmonni kengaytiriş maqsadida ekilgan. Bu daraxtlar va mahalliy flora-faunalar hududdagi namlik va salqinlikni ta’minlab, noyob ekotizimni hosil qilgan. Lekin inson faoliyati va yetarliça parvariş bölmagani sababli, vaqt ötişi bilan örmon siyraklaşgan, butalar yöqolib borgan.
Bugungi kunda örmonni tiklaş işlari ketmoqda. Milliy boğ xodimi Hurram Qodirov nafaqada bölsa-da, bu yerga tabiatni qayta tiklaş uçun işga kirgan. Uning xotirasida bu hudud odam kirişga qörqadigan, qalin yovvoyi örmon bölgan. Endilikda hududda yana hayot jonlanmoqda. Hurram Qodirov barça xodimlar öşa qalin örmon qaytişi uçun işlayotganini ta’kidlaydi.
Omonqöton nafaqat tabiiy, balki tarixiy ahamiyatga ham ega. Milliy boğ hududida 12 km uzunlikdagi qadimiy toş yöl qoldiqlari saqlanib qolgan. Ayrim manbalar bu yöl Amir Temur davriga tegişli deb hisoblasa, boşqalar bu yölni Aleksandr Makedonskiy davrida barpo etilgan deydi. Bu esa boğning ilmiy va turistik ahamiyatini oşiradi.
Omonqöton milliy boği misolida bir narsani köriş mumkin: tabiat özini tiklaşga qodir, faqat biz unga xalal bermasligimiz kerak. Hatto 3 yil içida örmonlar qayta jonlanib, hudud yana sölim maskanga aylanmoqda. Endi tasavvur qiling, agar şunday hududlar 10-20 yil mobaynida muhofazada bölsa, qanday gözal manzara yuzaga keladi?
Tabiatdan oçközlarça foydalanişda emas, tabiat bilan hamnafas yaşaşda taraqqiyot bor. Şu sababli bunday hududlarni köpaytiriş, ularni asraş va kelgusi avlodga soğlom muhit qoldiriş – barçamizning burçimizdir.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun
Körsatuv Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.









