Prezident matbuot xizmati xabariga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi asosiy natijalaridan biri sifatida Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani alohida qayd etdi. Bu, Özbekiston yetakçisi ta’kidlaganidek, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlaşda yangi sahifa oçilganini anglatadi va tomonlarning köp qirrali şeriklikni har taraflama rivojlantirişga qat’iy sodiqligini tasdiqlaydi.
Davlat rahbari qardoş mamlakatda iqtisodiyot, sanoat jadal rivojlanib, aholi turmuş darajasi yaxşilanayotganini ta’kidladi. Ilhom Aliyevni Ozarboyjonning hududiy yaxlitligi tiklangani va azaliy ozarboyjon yerlari qaytarilgani bilan yana bir bor muborakbod etdi.
Ijtimoiy infratuzilma va işlab çiqariş obektlari faol qurilayotgan Qoraboğ qayta tiklanayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Özbekiston Ozarboyjonni bu olijanob işda bundan buyon ham qöllab-quvvatlaşga tayyor.
Barqaror ösiş sur’atlarini namoyon etayotgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi. Şu munosabat bilan kelgusi yilni Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb e’lon qiliş hamda 20 ta asosiy yönaliş böyiça dastur qabul qilişga ahdlaşildi.
Uçinçi mamlakatlardagi istiqbolli loyihalarda birgalikda iştirok etiş böyiça işlanmalar mavjudligi aytildi. Şu ma’noda, bunday loyihalarni ilgari suriş maqsadida taşkil etilgan qöşma investitsiya kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi.
Transport boğliqligini, şu jumladan Transkaspiy yölagini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Yetakçilar "yaşil" energiya işlab çiqariş va uni Ozarbayjon orqali Yevropa mamlakatlariga eksport qiliş böyiça keng kölamli mintaqaviy loyihani amalga oşirişni tezlaştirişga kelişib oldilar.
Hududlar örtasidagi aloqalarni faollaştiriş maqsadida bu böyiça "yöl xaritasi" qabul qilinadi, şuningdek, Qöqon şahrida navbatdagi hududlar forumi ötkaziladi.












