Şundan söng yigitlar avtobusda Çirçiqdagi harbiy dala poligonga olib borilgan va ularga 10 kun davomida harbiyça hayot keçirişlari aytilgan. Farzandlari qayerga olib ketilganidan bexabar köpçilik ota-onalar va ularning yaqinlari harbiy poligonga kelib, olib kelingan yigitlarni qaytarib olib ketiş uçun ruxsat söraşgan. Lekin mas'ullar faqat mahalla inspektorlarining ruxsati bilangina yigitlar qöyib yuborilişini ma'lum qilişadi.
Olib ketilgan yigitlar yaqinlarining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uçastka nozirlari ularni tuman IBBga olib ketiş çoğida harbiy poligonga boriş va u yerda 10 kun yaşaşga töğri kelişi haqida heç qanday ma'lumot bermagan.
Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati boşliği Bobur Tölaganov holat yuzasidan Kun.uz muxbirining savollariga javob berarkan, bu iş faqatgina qibrayliklar bilan sodir bölmaganini ma'lum qildi.
«Muqaddam sudlangan, tuzaliş yöliga ötmagan, Toşkent viloyati içki işlar organlarining röyxatida turuvçi 200 nafar uyuşmagan yoşlar Xavfsizlik kengaşining qaroriga asosan Çirçiqdagi harbiy poligonga olib kelingan. Ular bu yerda 10 kunlik dastur asosida ma'naviy-ma'rifiy darslar, huquq soatlari, harbiy va kasbiy tayyorgarlik maşqlarida qatnaşadi.
Yigitlar 3 mahal issiq ovqat va turar joy bilan ta'minlanadi. Maşğulotlardan söng, ularga mehnat birjasi orqali munosib iş topib beriş maqsad qilingan, uşbu maşğulotlar ixtiyoriy bölib, harbiy poligonga olib kelinganlarning deyarli barçasi bu yerdagi holatdan rozi. Ba'zi muqaddam sudlangan yigitlar hali ham tuzaliş yöliga ötmagani, yomon xulqidan şikoyat qilingani uçun ota-onasining iltimosi bilan keltirildi» – deydi viloyat IIBB mas'ul xodimi.












