“Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2023/2024 öquv yilidan: 

  • akademik litseylarga öquvçilarni qabul qilişda yozma imtihon asosida dastlabki saralaş bosqiçi bekor qilinadi; 
  • kollej va texnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari 2 baravarga oşiriladi; 
  • abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yönalişi” ustuvorliklaridan birini tanlaş va tanlagan ustuvorligi böyiça bakalavriat ta’lim yönalişlari ketma-ketligida tanlovda iştirok etiş huquqi beriladi; 
  • talabaning ta’lim yönalişiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik ğoyasini bitiruv malakaviy işi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qiliş amaliyoti joriy etiladi; 
  • oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq tölanadigan qisqa muddatli maqsadli işlab çiqariş amaliyotlari taşkil etiladi.