Özbekistonning örtaça iqtisodiy faol aholisi soni 2017 yil yanvar-iyun oylarida 14,162 mln kişiga yetib, jami aholining 43,9 foizini taşkil etdi. Umuman, dastlabki ma'lumotlarga köra, 2017 yil yanvar-iyun oylaridagi iqtisodiyotda band aholi 13,421 mln kişini taşkil etgan va 2016 yil şu davriga nisbatan 1,7 foizga ösgan, deb yozmoqda Uzdaily.uz. 

Özbekiston Statistika qömitasining xabar qilişiça, iqtisodiy faol aholining bandlik darajasi (iqtisodiyotda band aholining iqtisodiy faol aholi soniga nisbati) 2017 yil yanvar–iyun oylarida 94,8 foizni taşkil etgan. 

Umuman, nodavlat sektorda band bölganlar uluşi 82,1 foizga yetgan. Bu raqam 2016 yilning şu davrida 81,8 foizni taşkil etgan.
 
Ötgan yil raqamlari bilan taqqoslaganda aholining band qismi orasida yuk taşiş va saqlaş (3,3 foizga ösgan), quriliş (2,8), aloqa va axborot (2,6), yaşaş va ovqatlanişga doir xizmatlar sohasida işlayotganlar (2,1) oşgan.

Aholining iş bilan band qismi asosan, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaliklari (27,0 foiz), sanoat (13,6), savdo (10,6), quriliş (9,2) va ta'lim (8,3%) sohalarida işlaydi. 

Şuningdek, 2017 yil yanvar-iyun oylarida kiçik biznesdagi uluş iqtisodiyotdagi jami band aholining 77,7 foizini taşkil etgan. 

Işsizlik

Munosib iş qidirayotgan va bandlikka kömaklaşiş idoralarida röyxatda turgan fuqarolar soni iyun oyi oxiriga köra, 8,3 ming kişini taşkil etgan. Bu 2016 yil iyun oyidagi raqamga qaraganda 42,7 foizni taşkil etgan. 

2017 yil yanvar–iyun oyida Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 maydagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan usulga muvofiq aniqlanadigan işsizlar soni 741,4 ming kişini taşkil etadi. Unga köra, iqtisodiy faol aholining 5,2 foizini işsizlar taşkil etadi.