O‘zbekiston | 07:37 / 13.02.2020
75568
2 daqiqa o‘qiladi

OTMga kirish imtihonlari soddalashtiriladi

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish mo‘ljallanmoqda

Foto: KUN.UZ

Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 mayga qadar chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Rejada:

  • tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhini tashkil etish;
  • umumta’lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish;
  • tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Mas’ullar - Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

Avvalroq, O‘zbekistonda test sinovi topshirmay o‘qishga kirish mumkin bo‘lishi xabar qilingandi. 2020 yildan boshlab bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladigan o‘zgarish – chet (ingliz, nemis, fransuz va sharq) tillaridan tashqari, masalan, o‘zbek tili, rus tili, matematika va boshqa umumta’lim fanlaridan ham sertifikat berilishi joriy etilishi mumkin.

O‘z navbatida, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inom Majidovning ma’lum qilishicha, oliy o‘quv yurtiga ishga qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilarni tanlab olish mexanizmlari takomillashtirilib, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytiriladi. 

Shuningdek, Inomjon Majidov OTMda o‘qitilayotgan nomutaxassislik fanlari qisqartirilishi masalasiga munosabat bildirdi.

Mavzuga oid