2023/2024 öquv yilida istisno tariqasida barça bosqiçdagi talabalarning tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy tölov-kontrakt qiymati 2022/2023 öquv yili uçun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Şuningdek, 2023/2024 öquv yili tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdorlari ötgan öquv yili uçun belgilangan miqdorlarda özgarişsiz qoladi.
2023/2024 öquv yili qabulida töplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari çegarasiga yetmagan, lekin tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida tahsil oliş istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno tariqasida yangi öquv yili boşlanişidan şartnomalar rasmiylaştirişga, şuningdek, bir yillik öqitiş qiymatining 50 foizini tölaganlarni talabalar safiga qabul qilişga ruxsat berildi.
Bundan taşqari, tasdiqlangan tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt qiymatini 2023 yil 15 oktyabriga qadar töliq tölagan abituriyentlar uçun 10 foiz miqdorida çegirma beriladi.













