2020 yil 21 iyun kuni Asaka tumanining Kujgan MFY, Möday köçasida mudhiş hodisa yuz berdi. 9 yoşli norasida gödak öta şafqatsizlik bilan öldirib ketildi. Bu hodisa butun Andijon xalqini larzaga soldi desak adaşmagan bölamiz.

Andijon viloyat prokuraturasi olib borgan dastlabki tergov harakatlari yakuniga köra, jinoyatni Asaka tumanida yaşovçi Asroraxon Hamdamova sodir etgan deb topildi. U 9 yoşli Q.I.ni özining öğrilik jinoyatini yaşiriş maqsadida öta şafqatsizlik bilan, tanasining turli joylariga 17 marta piçoq urib öldirganlikda ayblandi.

Bundan taşqari, A.Hamdamova mazkur jinoyat işi doirasida öğrilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ham ayblangan.

A.Hamdamovaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining:

  • 169-moddasi 2-qismi «b, g» bandlari – uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, ança miqdorda sodir etilgan öğrilik;
  • 168-moddasi 1-qismi – firibgarlik ya'ni, aldaş yoki işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan özganing mulkini qölga kiritiş;
  • 164-moddasi 3-qismi «v, g» bandlari – uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, badanga oğir şikast yetkazgan holda sodir etilgan bosqinçilik;
  • 97-moddasi 2-qismi «v, j, i» bandlari bilan – ojiz ahvoldagi şaxsni, öta şafqatsizlik bilan tamagirlik niyatida qasddan odam öldirişga oid ayblovlar qöyilgan

A.Hamdamova tergov davrida ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, mazkur iş Andijon viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atida körib çiqilib, A.Hamdamovaga ilgari surilgan asosiy ayblovlar yuzasidan oqlov hukmi çiqarilgan.

Manbaga köra, sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 29 iyundagi xulosasida, marhuma Q.I.ning ölimi 17 ta sançilgan-kesilgan jarohatlar natijasida ötkir içki va taşqi qon ketişidan yuz bergani, unga ölimidan avval jinsiy zöravonlik işlatilgani, jinsiy a'zolaridan spermatozoidlar aniqlangani körsatilgan.

Şuningdek, sud-daktiloskopik eskpertizasining 2020 yil 26 iyundagi xulosasida, qotillik sodir etilgan xonada 4 nafar noma'lum şaxsga tegişli barmoq izlari topilgani, sudlanuvçi A.Hamdamovaga tegişli barmoq izlari qotillik sodir etilgan xonadondan umuman aniqlanmagani körsatilgan.

Sudlanuvçi A.Hamdamova dastlabki tergov va sudda aybiga iqrorlik bildirmasdan, marhuma Q.I.ni qasddan öldirilişi va öğirlik jinoyatlarga aloqasi yöqligini, marhumadan spermatozoidlar aniqlanganini, şu bois jinoyatni erkak kişi sodir qilgani aniq ekanini, nohaqdan ayblanayotganini körsatib, dastlabki tergovda unga nisbatan uşlab turiş majburlov çorasi qöllanilib, U.Karimov, S.Jabborov va boşqa IIB xodimlari ruhiy va jismoniy tazyiqlar ostida söroq qilişganini, qiynoqlarga çiday olmay Q.I.ni qasddan öldirganiga iqror bölişga majbur bölgani haqida körsatma bergan.