“Mamlakatimizda madaniyat va san'at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari sohalarini rivojlantirişga ulkan hissa qöşgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlaş töğrisida” prezident farmoni e'lon qilindi.
Hujjat bilan, özining betakror va yorqin ijodiy faoliyati, milliy istiqlol ğoyasiga sadoqati bilan Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlaş, xalqimiz madaniyatini yuksaltiriş, jamiyat hayotida ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bağrikenglik kabi qadriyatlarni qaror toptiriş yölida unutilmas xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va ibratli insoniy fazilatlari bilan el-yurtimiz qalbidan çuqur joy egallagan quyidagi marhum ijodkorlar mukofotlandi:
«Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan
Azizov Mirzajon Mamadjonoviç – Özbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Aminov Ne'mat – Özbekiston Respublikasi xalq yozuvçisi
Asomov Obid Agzamoviç – Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist, badiiy söz ustasi
Ikramova Dildorxon (Dilbar Ikromova) – Özbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Karimov Ergaş – Özbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Qodirov Tavakkal – Özbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Qurbonov Rahmatjon Xudarganoviç – Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist, xonanda
Masudov Fatxulla Husanoviç – Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist, aktyor
Mirtojiyev Jaloliddin Tursunoviç – Özbekiston Respublikasi xalq rassomi, haykaltaroş
Nizomov Tölan (Tölan Nizom) – Özbekiston Respublikasi xalq şoiri
Rahimov Kamoliddin – Özbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda
Rahmonov Şavkat Rahmonoviç (Şavkat Rahmon) – Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir
Tojiboyev Mahmudjon Ğoziyeviç – Özbekiston Respublikasi xalq hofizi
Umarbekov Ölmas Rahimbekoviç – Özbekiston Respublikasi xalq yozuvçisi
Umarov Faxriddin – Özbekiston Respublikasi xalq hofizi









