Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyundagi 494-son qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bölmagan pasportining amal qiliş muddati:

mamlakat hududida 2019 yil 31 dekabrga qadar;

çet el hududida pasportning amal qiliş muddatiga qadar etib belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasi aholisini biometrik pasport bilan ta'minlaş yuzasidan qöşimça çora-tadbdirlar töğrisida»gi Qarori qabul qilingan edi. Mazkur hujjat talablariga muvofiq, Özbekiston Respublikasi hududida fuqarolarning nobiometrik şakldagi pasporti amal qiliş muddati 2018 yilning 1 iyul kuniga qadar belgilangan edi. Muddat tugaşiga oz qolganida pasport oliş yoşiga yetgan va Özbekiston Respublikasining nobiometrik şakldagi pasportiga ega bölgan fuqarolar qonunçilikda belgilangan ma'muriy javobgarlikka tortilişi ehtimolini nazarda tutib, aholiga imkoniyat yaratiş maqsadida bu muddat 2019 yilning yakuniga qadar uzaytirilgan edi. 

Endilikda eski namunadagi (nobiometrik) fuqarolik pasportini yangisi (biometrik)ga almaştirmagan fuqarolar Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 223-moddasi birinçi qismiga köra bazaviy hisoblaş miqdorining ikkidan bir qismi (111 500 söm)dan uç baravari(669 000 söm)gaça miqdorida jarima tölaşga majbur bölişadi.

Ma'lumot örnida aytiş joizki, biometrik şakldagi fuqarolik pasporti Özbekiston Respublikasi hududida fuqaro doimiy propiska qilingan tuman (şahar) içki işlar bölimi huzuridagi Xorijga çiqiş, keliş va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlari tomonidan beriladi.

Özbekiston Respublikasining xorijda doimiy yaşaydigan fuqarolariga fuqarolik pasporti Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.