Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan Muzrabot tumanining sobiq hokimi Erkin Alimovga jinoyat işi qözğatildi. ÖzA xabariga köra, sobiq hokim JKning 167 (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 209-moddalari (Mansab soxtakorligi) bilan ayblanmoqda.
Dastlabki tergov harakatlari davomida sobiq hokim Muzrabot tumanidagi umumiy qiymati 1,7 mlrd. söm bölgan 4,2 gektar yer maydonini auksion savdolarisiz özining yaqin qarindoşlariga rasmiylaştirib bergani ma’lum bölgan.
Şuningdek, tumandagi banklar Erkin Alimovning yaqin qarindoşlari nomiga 166 mlrd. söm miqdorida imtiyozli kredit ajratgan bölib, bugungi kunda ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan. «Hozir bank muassasalari tomonidan öz vaqtida tölovlari amalga oşirilmagan 121 mlrd. 406 mln. sömlik kredit mablağlarini undiriş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Bundan taşqari, «Surxondaryodonmahsulotlari» AJda olib borilayotgan taftiş davomida sobiq hokim iştirokida qiymati 35 mlrd. sömlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingani aniqlangan.
- Ma’lumot uçun, Erkin Alimov 2010-2017 yillarda uşbu jamiyat rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Ayni paytda jinoyat işi böyiça jamiyatning 20 dan ortiq mas’ul-mansabdor şaxslari tergov harakatlariga jalb qilingani va ular Muzrabot tumanining sobiq rahbari noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan körsatmalar berayotgani, tergov harakatlari davom etayotgani ma’lum qilingan.
- Eslatib ötamiz, Muzrabot tumani hokimi lavozimida tört yildan ortiq işlagan Erkin Alimov örniga şu yil 12 sentabr kuni örinbosari Abduraşid Ismoilov tayinlangandi. Öşa vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Erkin Alimovga nisbatan jinoyat işi oçilgani haqida gap-sözlar tarqalgan, biroq rasmiy idoralar bu xabarlarni tasdiqlaşmagandi.








