Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov ğalla rejasini bajarmagan fermerlarni haqoratlagani aytilayotgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tekşiruv boşlandi.

Holat viloyat hokimi Uluğbek Qosimov tomonidan jiddiy e’tibor talab qiluvçi masala sifatida baholangan.

“Davlat organlari vakillari hamda fermerlar örtasidagi munosabatlar qonun ustuvorligi, özaro hurmat, inson qadr-qimmati va xizmat odobi tamoyillari asosida taşkil etilişi lozim”, deyiladi viloyat hokimligi munosabatida.

Ma’lum qilinişiça, voqeaning barça tafsilotlarini har tomonlama, xolis va töliq örganiş hamda huquqiy baho beriş maqsadida vakolatli idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzilgan.

Masala viloyat hokimining şaxsiy nazoratiga olingan bölib, örganiş yakunlari va vakolatli organlar xulosalari asosida qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli qaror qabul qilinadi.

Hokimlik jamoatçilikdan rasmiy örganiş natijalarini kutişni hamda tasdiqlanmagan ma’lumotlar asosida xulosa çiqarmaslikni söragan.

Avvalroq Kun.uz Muzrabot hokimining ovozi ekani aytilayotgan audioyozuvni e’lon qilgan edi. Undagi ovoz egasi ğalla topşiriş rejasini bajarmayotgan fermerlarni sökib, ulardan rejani bir neça soat içida bajarişni talab qilgan.

Kun.uz manbasiga köra, holat 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida sodir bölgan.