Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanidagi maktabda öqituvçi kaltaklandi. Ma'lum bölişiça, Qarşi tumanida yaşovçi Şohnur Oqqöziyev 100 kilometr masofada, Samarqand viloyati bilan çegaradoş «Umakay» MFYdagi 134-umumiy örta ta'lim maktabida ingliz tilidan dars beradi.

Voqea uşbu öqituvçi 6 aprel kuni 6-sinfda dars ötib, tayyorlanib kelmagan öquvçilarga past baho qöyganidan keyin sodir bölgan. Kun.uz muxbiri şu hududda bölib, öqituvçi bilan gaplaşdi.

«Töğrisi, öquvçilarning öqituvçidan xafa bölişga haqqi yöq. Bilmayman, xafa qilgandirman ukamizni. Ikki baho qöygandim, şunda ham jurnalga qöymagandim. Bunday xafa böladi deb öylamagandim.

Uydagilari sal tergarmikan deb öylagandim. Muzaffarning yonida ötiradigan qizga 3 qöygandim, Muzaffar esa bu qizga 3, öziga 2 qöyilganidan xafa bölganini aytibdi. Bunga sabab qizça nogiron, hamma vaqt ham darsga kelolmaydi. Unga motivatsiya bölarmikan degandim. Gap bahodaligini bilsam, 2 emas 6 qöyib berardim», deydi Şohnur Oqqöziyev.

Öqituvçi suhbat davomida birorta öquvçiga zöravonlik qilmaganini aytdi. Uning sözlariga köra, darsdan keyin öşa öquvçi kelib, uni akasi çaqirayotganini aytgan. U taşqariga çiqqanida bir neça kişi uni kaltaklay boşlagan.

«Hozir ahvolim ança yaxşi bölib qoldi. Boşim, oyoğim va belim ozroq oğriyapti, xolos. Janjaldan keyin qişloqda qolişga yuragim betlamadi. Yaraştiriş uçun ustozlar şifoxonaga kelişdi.

Lekin çekka-çekka hududlarga öqituvçilar borib işlayapti, ulardan majburiyat talab etilmoqda – huquqini ham himoya qiliş kerak. Zöravonlarga qonuniy çora körilişini sörayman», deydi öqituvçi.

U ayni paytda viloyat köp tarmoqli şifoxonasi neyroxirurgiya bölimida davolanmoqda. Şifoxona bölim boşliği Soatmurod Temirov bemorning ahvoli haqida Kun.uz'ga ma'lumot berdi.

«Oqqöziyev Şohnur 1995 yilda tuğilgan. 7 aprel kuni sud-tibbiyot ekspertiza yöllanmasi bilan keldi. Kelganida çap közining atrofi şişgan va kökargan holatda edi. Özidan söraganimizda öquvçisiga 2 baho qöygani sababli uning örtoqlari yoki ota-onalari urganini aytdi.

Bemor avvaliga özi yaşaydigan Beşkent şifoxonasiga murojaat qilgan. U yerda neyroxirurgiya mutaxassisi yöq bölgan. Sud-tibbiyot ekspertiza yöllanmasi orqali bizning köp tarmoqli markaziy şifoxonaga yotqizilgan.