Aksariyat viloyatlardan poytaxtga kirib keluvçi avtomobillar Bunyodkor, Furqat, Sebzor va Ahmad Doniş deya nomlarga bölingan markaziy köça orqali dastlab şahar markaziga, undan ötib Yunusobod tumaniga kirib keladi.
Yölning ayniqsa yunusobodliklar uçun ahamiyati katta. Ammo tuman aholisi mana neça yildirki, trassaning Sebzor dahasidan ötgan qismida sifatli yölga yolçimayapti. Bu yerdagi ikkita yirik estakada uzoq vaqtdan buyon ta'mirtalab ahvolda qolmoqda.
Ötgan yili yölning bir tomonidagi piyodalar yölagi ta'mirlangan edi. Bu yil esa ikkinçi tomondagi yölak ta'mirlanmoqda. Bu safar ham işlar çözilib ketdi: Sebzordan Yunusobodga ketiş yölining bir qismi yil boşida (!) yopilgandi, u qaçon oçilişi noma'lum.
Kun.uz masala yuzasidan ma'lumot oliş maqsadida Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayev bilan boğlandi. Mahmudxöjayev yölning bu qismi ta'miri böyiça bir neça kun içida ma'lumot taqdim etilişini bildirdi.
Poytaxt, ayniqsa Yunusobod tumani aholisidan kelib tuşayotgan murojaatlar bois, Kun.uz muxbiri Ahmad Doniş köçasining uşbu qismidagi muammolar yuzasidan videolavha tayyorladi.
Lavha bilan saytning YouTube'dagi sahifasi yoki yuqoridagi video orqali tanişing.










