Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy xo‘jalik sudining raisi Oliy sud raisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining raisi Komilov Kozimjon Fozilovich Oliy sud raisi etib tayinlangan. Bu haqda Oliy sud rasmiy saytida ma'lumot berildi.
Komilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013 yil 23 avgustdagi Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi lavozimiga saylangandi.
Endilikda u O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi, sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi, sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi, sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘xtatib turadi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi, O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qo‘zg‘atadi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston Oliy sudi raisi sifatida Shoyunus G‘oziyev ishlab kelayotgandi. U qaysi ishga o‘tkazilgani hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
16:21 / 10.04.2026
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi
22:52 / 01.04.2026
Tramp shaxsan AQSh Oliy sudidagi eshituvga keldi
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
20:05 / 26.02.2026