Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqda B2C (Business to Client) transçegaraviy xaridlar uçun faol ösib borayotgan ZoodMall ilovasi investitsiya seriyalarining A raundi doirasida 10 million dollar jalb qildi.

  • ZoodMall ilovasi Yaqin Şarq mamlakatlarida öz iştirokini kengaytirmoqda va yangi 4 ta bozorga kirib bormoqda.
  • ZoodMall yangi “Hozir xarid qil, keyin töla” ZoodPay tölov xizmatini işga tuşirmoqda.

B2C bozori uçun faol ösib borayotgan, Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqda faoliyat yurituvçi ZoodMall marketpleys ilovasi, A seriyasi doirasida 10 million AQŞ dollari miqdorida moliyalaştiriş raundi yakunlanganini e'lon qiladi.

Hozirgi kunda xaridlar ilovasi Özbekiston, Iroq, Livan, Qozoğiston va Ozarbayjonda faoliyat olib boradi. Kompaniya 10 million AQŞ dollarini Iordaniya, Quvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistonida ZoodMall'ning hududiy iştirokini kengaytirişga sarflaydi.

Google Play va App Store'da mavjud bölgan ZoodMall xaridlar ilovasi turli davlatlardan hamyonbop va yuqori sifatli mobil telefonlari, kiyim-keçak, aksessuarlar, kosmetika, uy va boğ uçun tovarlar, bolalar uçun öyinçoqlar, şuningdek 30 000 dan ziyod sotuvçilardan mahalliy brend tovarlari kabi 4 milliondan ziyod tovarlarni taklif qilmoqda.

ZoodMall hududiy marketpleys modeli til, tölov usullari va logistika çeklovlarini bartaraf etib, xaridlarning ilk mahalliylaşgan tajribasini taqdim etadi va şu bilan öz maqsadli bozorlarida xizmatlar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan foydalanuvçilar uçun, mobil telefonlari orqali uzluksiz va samarali iş faoliyatini yölga qöyadi.

ZoodMall'ning boş direktori Maykl Xoy:

– ZoodMall xaridlar ilovasi bizning “Hozir xarid qil, keyin töla”