Namangan viloyati IIB boşliği, polkovnik Odil Otaxöjayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektorda ma’lum qilindi.
Şuningdek, Qaşqadaryo viloyati IIB boşliği Şuhratjon Sotvoldiyevga qat’iy ogohlantiriş berilgan, Andijon va Samarqand viloyatlari YHXB boşliqlari işdan olingan.
Odil Otaxöjayev 2017 yil noyabridan buyon Namangan viloyati IIB boşliği lavozimida işlayotgandi. U 2015-2017 yillarda Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari bölgan.

Şuhratjon Sotvoldiyev 2019 yil oktyabrida Qaşqadaryo viloyati IIB rahbarligiga tayinlangandi. U muqaddam Surxondaryo viloyati IIB boşliği bölgan.

«Xavfsiz va ravon yöl» tamoyili asosida yöllarda inson xavfsizligini ta’minlaş borasidagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlariga bağişlangan videoselektorda ma’lum qilinişiça, 2021 yilda Çiroqçida 43 ta, Namangan şahrida 42 ta, Yangiyöl tumanida 34 ta, Urgutda 28 ta, Andijon tumanida 20 ta avariyada odamlar hayotdan bevaqt köz yumgan.
Prezidentning ma’lum qilişiça, uşbu tuman va şahar hokimlari, içki işlar boşliqlari va prokurorlari işdan olinib, uç oy sinov muddati berildi. Agar ular uşbu muddatda özgariş qilmasa, javobgarlikka tortiladi.
Şu bilan birga, bunday favquloddagi holatga nisbatan Oliy Majlis, mahalliy kengaşlar deputatlarining ovozi eşitilmayotgani, Senat, Qonunçilik palatasi, kengaşlar yöl harakati xavfsizligini biror marta muhokama qilmagani qayd etildi.
«Nimaga hokimlar, içki işlar, «GAI», transport sohasi rahbarlarining hisoboti eşitilib, mas’uliyati körib çiqilmagan? Şuning uçun bu muhim masala bilan şaxsan özim şuğullanişga majbur böldim», dedi davlat rahbari.











