Kun.uz tahririyatiga yöllangan murojaatda respublikadagi budjet, xususan ta'lim muassasalari xodimlarining iş haqini hisoblaşda foydalaniladigan “UzASBO” elektron dasturi işida göyo kamçilik borligini iddao qilingandi.
Ta'kidlanişiça, örindoşlik asosida dars ötgan öqituvçining qöşimça darslariga 100 foiz emas, 80 foiz haq tölab kelinmoqda. Moliya va Xalq ta'limi vazirliklari uşbu masalaga oydinlik kiritib, Kun.uzʼga quyidagi munosabatni yölladi:
«UzASBO» dasturi budjet taşkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritiş uçun möljallangan dastur bölib, barça operatsiyalar, körsatkiçlar va me'yorlar, şu jumladan mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlari amaldagi qonun hujjatlariga asosan öz vaqtida kiritib boriladi.
Uşbu dasturda hozirgi kunda 26 mingdan ortiq budjet taşkilotlaridagi 3,5 million atrofida işçi xodimlar va talabalarning iş haqi, stipendiya tölovlari qonunçilikda belgilangan tartib va qoidalar asosida hisoblab boriladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 dekabrdagi «Öquv maşğulotlari ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlari töğrisida» gi 312-son qarorida öquv maşğulotlari ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelişgan holda tasdiqlanişi belgilangan.
Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori qabul qilingunga qadar, örindoşlik asosida işlovçi öqituvçilarga soatbay mehnatiga haq tölaş Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligining 2006 yil 5 yanvardagi 03, 01/23-sonli qöşma buyruği asosida öqituvçining bazaviy tarif stavkasiga 0,8 koeffitsiyentni qöllaş orqali amalga oşirilib kelingan.
Şundan kelib çiqib, hozirgi kunda öquv maşğulotlarini ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlari Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 22 aprel kuni 3157-son bilan röyxatdan ötkazilgan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «Öquv maşğulotlarini ötkazganlik uçun mehnatga soatbay haq tölaş miqdorlarini tasdiqlaş töğrisida» gi qöşma qarori bilan tasdiqlangan.
Mazkur me'yoriy hujjatda umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga ötgan darsi uçun soatbay haq tölaş miqdorlari quyidagiça belgilangan:











