Tahririyatga kelib tushgan navbatdagi murojaatda respublikadagi budjet, xususan ta'lim muassasalari xodimlarining ish haqini hisoblashda foydalaniladigan «UzASBO» elektron dasturidagi kamchiliklar haqida so‘z yuritiladi. Mazkur murojaatni ayrim tuzatishlar bilan keng jamoatchilik hukmiga havola etishni lozim topdik.

Bir necha yildan buyon o‘qituvchilar oyligini Moliya vazirligining o‘ta markazlashtirilgan va tizimlashtirilgan dasturi — «UzASBO» hisoblab berib keladi. Bu dastur buxgalterlarning ham ishini osonlashtirgan, o‘qituvchining har bir qilgan ishini, ish hajmlarini kiritadi, umumrespublika bo‘yicha bir xil hisoblangan shablon asosida sizga oyligingizni keltirib chiqarib beradi.

«Mening oyligim kam chiqibdi», deb o‘ylasangiz, bunda qaysidir ish kuningiz «qirqilgan» bo‘ladi yoki buxgalter adashib yoxud atay kiritmay qolgan bo‘ladi, xolos. Xullas dasturga ortiqcha e'tiroz yo‘q, to‘g‘ri hisoblaydi, deb o‘ylar edim.

Edim, deyishimning boisi — yaqinda oylik ish haqim haqida ma'lumot olish vaqtida bir jihat e'tiborimni tortdi. Aytmoqchi bo‘lganimni o‘qituvchilar osongina tushunadi, qolganlarga qisqacha tushuntirib o‘tib ketaman.

Agarda biror pedagog asosiy ishchi emas, o‘rindoshlik asosida dars berib yursa yoki o‘qituvchi kasal bo‘lib qolibmi yoki biror-bir o‘qish bilan darsini o‘tolmaydigan bo‘lsa, uning darslarini direktor yozma buyrug‘i bilan boshqa bir pedagog qo‘shimcha dars qilib o‘tib tursa, shu paytgacha bu qo‘shimcha soatlarga faqat o‘quv tarbiya jarayoniga doir, ya'ni asosiy dars soatining 80 foiz qismi miqdorida oylik to‘lanar edi. O‘quv tarbiya jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlariga, ya'ni ish yuklamasi uchun ajratilgan summa qo‘shib berilmas edi. O‘qituvchi o‘rindosh bo‘lib bir yil dars o‘tsa, ish haqini hisoblash bir yil davomida shunday, 80 foizlik to‘lov asosida ketardi.

Masalan, mening asosiy dars soatim 10 soat bo‘lgan holda, hamkasbim biror sabab bilan bir hafta ishga kelmasa uning 12 soat darsini o‘zimning asosiy ishimga qo‘shimcha qilib darsini o‘tadigan bo‘lsam, u holda o‘zimning 10 soatimga har bir soatiga 1 birlik oylik yozilsa, sherigimning 12 soat darsining har bir soatiga 0,8 birlik oylik hisoblab, yozib beriladi. Vaholanki, men o‘sha darsni ham o‘zimning darsim qatori teng energiya sarflayman, darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotini ham o‘taman. Bu hol doim meni ajablantirar edi.

Lekin shu savolga Xalq ta'limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida»gi