Sport | 04:42 / 31.05.2023
58256
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlar jamoasi Isroildan 90+7-daqiqada to‘p o‘tkazib, jahon chempionatini tark etdi

Foto: UFA

Argentinada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/8 final bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston U-20 jamoasi chorakfinalga chiqish uchun Yevropa vitse-chempioni Isroilga qarshi maydonga tushib, 90+7-daqiqada to‘p o‘tkazib yubordi va musobaqani tark etdi. 

Isroil 3 iyun kungi 1/4 finalda Braziliya-Tunis juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. 

JCh U-20. 1/8 final
O‘zbekiston — Isroil 0:1

30 may, «Malvinas Argentinas»
Gol: Halayli (90+7). 
O‘zbekiston U-20 — Asror Kenjayev, Abubakr Ashurov, Abduqodir Husanov, Jahongir O‘rozov, Zafarmurod Abdurahmatov, Diyor Ortiqboyev, Behruz Asqarov (Nodir Abdurazzoqov, 68), Saidafzal Ahrorov (Mahmud Mahamadjonov, 68), Sherzod Esanov, Abbos Fayzullayev, Shahzod Ne’matjonov (Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 59). 
Isroil U-20 — Zarfati, Feingold, Lemkin, Israyelov, Revivo, Madmun, Navi (Kanchepolski, 56), Senior (Halayli, 56), Kassus (Ibrohim, 80), Lugasi (Shibli, 46), Turgeman (Edri,  90+9).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid