Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Toşiyev Qirğiziston - Özbekiston çegarasidagi barça bahsli hududlardagi muammolar hal qilingani haqida ma'lum qildi.
Qirğiziston hukumat delegatsiyasining rahbari Qamçibek Toşiyev 24-25 mart kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan Qirğiziston va Özbekiston hukumat delegatsiyalarining uçraşuvlari natijalarini ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, tomonlar qirğiz-özbek çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça ijobiy natijaga erişgan.
«Qirğiziston - Özbekiston çegarasidagi barça bahsli hududlar 100 foiz hal qilindi. Endi bu borada muammolar bölmaydi», - dedi Qamçibek Toşiyev.
Qirğiziston va Özbekiston 2021 yil 1 apreldan boşlab Söx tumaniga qatnaş uçun odamlar taşişga möljallangan 20 öringa qadar bölgan, transport vositalari va mikroavtobuslar harakatlanişi uçun «Qaytmas» va «Otukçu» nazorat-ötkaziş punktlarini oçişga kelişib olgan.
Tomonlar, şuningdek, «Qora-Suv», «Begabad», «Intimoq», «Kensoy», «Seydikum» nazorat-ötkaziş punktlarini tartibga soliş va tiklaş böyiça kelişuvga erişgan. Qamçibek Toşiyevning sözlariga köra, ta'mirlaş işlari Özbekiston tomonidan amalga oşiriladi.
Toşiyevga köra, tomonlar Kampirobod (qirğiz-özbek çegarasida joylaşgan) suv omboridan umumiy foydalaniş yuzasidan ham kelişuvga erişgan. Xususan:
- Kampirobod suv omborining suv zaxiralarini 900 gorizontaldan yuqori bölmagan darajada töldirişni nazarda tutadigan, birgalikda boşqariş töğrisidagi hukumatlararo bitim tuziş;
- Özbekiston tomonidan Qirğiziston fuqarolarining suvdan bepul va tösiqsiz foydalanişini ta'minlaş;
- Özbekiston suv ombori havzasi atrofida muhandislik inşootlarini örnatmaslik majburiyatini öz zimmasiga olgan.
Şuningdek, demarkatsiya paytida Özbekiston Qirğizistonga tovon sifatida Öş viloyatining Özgan tumani va Jalolobod viloyatining Suzoq tumani bilan çegaradoş bölgan Andijon viloyati çegarasidagi 304 va 312-sonli çegara punktlari orasidagi 1000 gektar yer maydonini beradi.
Tomonlarning suv xöjaligi vazirliklariga Kampirobod suv omborining resurslaridan birgalikda foydalaniş va boşqariş töğrisidagi hukumatlararo bitim loyihasini işlab çiqiş topşirilgan.











