7 aprel, duşanba kuni Ilon Maskning Tesla kompaniyasi aksiyalari qiymati keskin tuşib ketdi va savdolar allaqaçon psixologik çegaradan pastda amalga oşmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.

Bundan avval AQŞ savdo vaziri Hovard Latnik bunday holat heç qaçon röy bermasligini taxmin qilgan edi. Ammo savdolar boşlanişi bilanoq Tesla Inc. aksiyalari keskin pasayişni davom ettirdi.

Xususan, ular 10 foizdan ziyodroqqa — 214,80 dollargaça tuşgan. Bu holat AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan bojlar sabab jahon bozorlarida yuz bergan tahlillar fonida sodir böldi.

E’tiborli tomoni şundaki, Tramp saylovda ğalaba qozonganidan söng Tesla aksiyalari narxi keskin oşgan edi. Biroq Ilon Maskning siyosiy tortişuvlari tufayli qiymat pasaya boşladi. Naşr ma’lumotiga köra, bu ayrim avtomobil xaridorlarini çekinişga majbur qildi va kompaniyaga qarşi noroziliklarni keltirib çiqardi.

«Xitoyliklarning Trampning boj siyosatiga hamda uning Mask bilan aloqadorligiga nisbatan negativ reaksiyasini yetarliça baholamaslikning iloji yöq. Bu holat xitoylik iste’molçilarni mahalliy mahsulot xarid qilişga yanada köproq undaydi», — dedi Wedbush Securities tahlilçisi Deniyel Ayvs.