Şu yil 16 aprel kuni Kun.uz saytida «Köpi bilan 200 dollar!» – Qator banklar xorijiy valuta sotişda çeklovlar örnatişmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilingan, unda valuta oldi-sotdisi bilan boğliq holatga oid ma'lumotlar keltirilgandi. Uşbu maqola böyiça «Turonbank» ATB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

“Kun.uz saytida e'lon qilingan maqoladagi faktlarda jon bor, valuta savdosi böyiça qisman çeklovlar örnatilgani rost.

Lekin bu quyidagi sabablarga köra vaqtinça yuzaga kelgan vaziyat:

1. Har qanday mahsulot (bu örinda valutaga ham bir mahsulot sifatida qaraş mumkin) erkin savdosida narxlar talab va taklif asosida şakllanadi. Sönggi kunlarda AQŞ dollari kursida keskin ösiş kuzatildi. Buning sabablari haqida Markaziy bank raisi batafsil töxtalib ötdi. Holatni har qanday bankning biror şoxobçasi misolida ham tahlil qilişimiz mumkin. Deylik, ertalab şu şoxobça 10 ming dollar va 100 mln söm bilan savdoni boşlaydi. Kun davomida dollarga xaridor köpayişi valuta hajmini kamaytiradi va keyingi xaridorlarga yetmay qolişi mumkin. Sotuv faqat kelgan valutaga qarab qoladi. Maqolada tilga olingan holat aynan şunday vaziyatni nazarda tutgan va Kun.uz muxbiri ham buni tan olib ötgan;

2. Birinçi vaziyatda bankning boş idorasi zudlik bilan qaysidir şoxobçani valuta bilan ta'minlaşga harakat qiladi. Ammo karantin şaroitida, köpçilik xodimlar masoviy işlaşga ötgan, avtomobillar harakati çeklangan bir paytda buni tezkorlik bilan amalga oşiriş imkoniyati bölmay qolişi mumkin;

3. Eng muhimi – tijorat banklari valuta çop qilmaydi va ularning zaxirasi ham çeklangan. Taklifga nisbatan talab bir neça karra oşgan bir paytda hamişa şunday vaqtinçalik sarosima holatlari yuz beradi va köpçilik qadri oşib borayotgan valutani sotmaslikka harakat qiladi. Lekin tez orada bozor özi hammasini mö'tadillaştirib qöyadi.

Albatta, obektiv sabablar bölişiga qaramay maqolada nazarda tutilgan holatlar mijozlarga noqulaylik tuğdirgani tufayli «Turonbank» ATB zarur çoralarni köradi. Jumladan, barça şoxobçalarda xorijiy valuta miqdorda bölişini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratiladi. Bu masala böyiça sustkaşlikka yöl qöygan xodimlarga intizomiy jazolar qöllanildi.

Mazkur vaziyatga Turonbank rahbariyati tezkor munosabat bildirganini ta'kidlab ötiş joiz.

“Mijozlarni işontirib aytamizki vaqtinçalik bu holatlar bartaraf qilinmoqda va tez orada hammasi iziga tuşadi” dedi “Turonbank” ATB Boşqaruv Raisining birinçi örinbosari Aziz Toşev.