Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi mikroavtobusi hujumga uchradi
O‘zbekiston elchixonasining Xarkovdan fuqarolarni evakuatsiya qilayotgan mikroavtobusiga snaryad parchasi kelib urilgan. Bu ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili tasdiqladi.
«Qator OAV vakillarining murojaatlariga muvofiq ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi tomonidan Xarkov shahrida diplomatik vakolatxonaga qarashli transport vositasi zararlangani haqidagi xabarlar tasdiqlandi.
Diplomatik vakolatxona axborotiga ko‘ra, fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq tezkor masalalarni hal etish chog‘ida avtorurargohda turgan elchixona mikroavtobusi shrapnel tomonidan zarar ko‘rgan.
Shu bilan birga, hodisa tufayli O‘zbekiston fuqarolari va Elchixona diplomatlari jarohatlanmagan», deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenko Xarkov Rossiya qo‘shinlarining «Grad» rusumli yalpi o‘q otish tizimining ommaviy zarbalariga duch kelganini ma’lum qildi. Qutqaruvchilarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan so‘ng turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan 31 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Xarkov oblasti ma’muriyati rahbari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Ukrainadagi o‘z fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qilmoqda. 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 17:15 da O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan ilk samolyot Polshadan O‘zbekistonga yo‘l olgan.
Mavzuga oid
19:35 / 02.03.2022
«Bunkerlarda qolish tavsiya etiladi» - Ukrainaning ayrim shaharlaridan evakuatsiya harbiy harakatlardan keyin amalga oshiriladi
13:00 / 01.03.2022
Ukrainada tinch aholi orasida qurbonlar ortmoqda. Urushning beshinchi kuni yakunlari
22:49 / 26.09.2020
Xarkovdagi aviahalokatda omon qolgan kursant haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Zelenskiy uni ko‘rgani bordi
19:26 / 26.09.2020