Öz ustimizda işlamasak bizdan özib ketişadi

Faoliyatni 2009 yilda boşlaganmiz. 2018-2019 yilga kelib işni bu tarzda olib boriş biznesimiz rivojiga xalal berişini tuşunib yetdim. Bunga qadar ham öz yönalişimizda yetakçi bölganmiz, lekin öz ustimizda işlamaslik kelgusida bu örinni boşqalarga böşatib berişga olib kelişi mumkin edi. Şundan söng transformatsiya jarayoni boşlandi. Avvalo kompaniyadagi har bitta xodimga bilim olişi uçun imkon yaratildi. Kompaniya işlaş strukturasini tubdan özgartirişga kirişdik. Struktura özgarişi oqibatida öz ustida işlamagan ayrim xodimlardan voz keçişga ham töğri keldi.

Tizimlaştiriş orqali bölimlar taşkil etildi. Har bir bölimning öz vazifasi, yönalişi belgilab berildi.

KPI tizimini joriy qilganimizda ayniqsa katta natija bölganiga guvoh böldik. Ya’ni xodimlar iş salohiyatiga qarab ularni baholaş va rağbatlantiriş bilan kompaniya rivojida keskin özgariş kuzatildi. Transformatsiyaning keyingi bosqiçlarida buxgalteriya bölimi, HR bölimlarini taşkil etdik. 2 oy içida butun kompaniyaning biznes jarayonini qaytadan tuzib, şakllantirib çiqqanmiz.

Transformatsiya natijasida Bs...

2019 yilda 170 nafar bölgan xodimlar soni 350 dan oşdi, filiallar soni 13tadan 60taga yetkazildi. Mijozlarga yuk yetkazuvçi avtomobillar soni 40tadan 120taga yetdi. Yillik jönatmalar soni 2019 yilda 300000tani taşkil etgan bölsa, 2022 yilga kelib bu körsatkiç 2 millionga oşdi. Şunga yaraşa yuridik mijozlar 800dan 2100ga, jismoniy mijozlar esa 200000dan 1 million nafarga yetdi.

Biz bu bilan töxtab qolmaymiz. Xizmat körsatiş sifatini yuqoriga kötariş uçun mijozlar fikri muntazam örganiladi va şundan kelib çiqib kamçiliklar ustida işlanadi. Mijozlarimizga yanada qulaylik yaratiş, faoliyatimizga raqamlaştirişni olib kiriş maqsadida Bs ilovasi, sayt, koll-markaz va botimizni işga tuşirdik.

Mijozlarimiz bular orqali öziga eng yaqin hududdagi filial orqali jönatma yuborişlari mumkin. Hatto uydan turib kurer orqali jönatmani istalgan manzilga yetkaziş imkoniyati ham mavjud.