Ayniqsa, bugungi global savdo muhiti, geosiyosiy qarama-qarşiliklar, proteksionizmning kuçayişi va savdo zanjirlaridagi uzilişlar fonida uşbu qarorning iqtisodiy oqibatlari jamoatçilikda qöşimça va haqli xavotirlarni keltirib çiqarmoqda.

Sehrli tayoqça emas, “sportzal”

JSTga a’zolik muammolarni birdaniga hal qiluvçi "sehrli tayoqça"mi yoki oğir, ammo soğlomlaştiriş uçun zarur bölgan "sport zali"mi? Uşbu maqolada iqtisodiy mantiqqa tayangan holda kutilayotgan özgarişlarni tahlil qilamiz.

Nima özgaradi? Kimga yaxşi, kimga yomon?

Institutsional özgarişlar, "öyin qoidalari"ning yangilanişi

JSTga a’zolikning eng birlamçi va fundamental foydasi – tariflarning pasayişi emas, balki institutsional barqarorlik.

Iqtisodiyotda, Duglas Nort (Nobel mukofoti laureati) ta’biri bilan aytganda, "öyin qoidalari"ning aniq va özgarmas bölişi – eksportçilar va xorijiy investorlarni jalb qiliş uçun va teng muhitda astoydil mehnat qiliş uçun eng muhim omildir.

Natijada Özbekiston:

  • Örta va uzoq muddatga bozor muhiti başorat qilinadigan savdo maydoniga aylanadi. Ma’lumki, JST doirasida savdo siyosati xalqaro huquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Bu bir keçada hukumatning importni taqiqlaş yoki eksportga sun’iy tösiq qöyiş (masalan, proteksionistik maqsadlarda) imkoniyati çeklanişini anglatadi. Eksportçilar va xorijiy investorlar uçun bu risk premiyasining pasayişini kafolatlaydi va ijobiy biznes oqimini kuçaytiradi.
  • Teng huquqli iştirokçiga aylanadi. Hozirda Özbekiston jahon savdosida "qoida qabul qiluvçi" (rule-taker) rolida. A’zolikdan söng esa, mamlakat global savdo muzokaralarida öz örindiğiga va ovoziga ega bölib, "qoida yaratuvçi" (rule-maker) sifatida ham iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi. Bu jihatdan JSTga a’zolik Özbekistonning xalqaro savdo maydonidagi mavqeyini kuçaytiradi.
  • Respublika hududida sanoat uçun muhim bölgan uskunalar, ehtiyot qismlar, xomaşyo va qadoqlaş materiallari narxining pasayişiga erişiladi. Xalqaro valuta jamğarmasi tadqiqotlariga köra, oraliq mahsulotlar importidagi tösiqlarning kamayişi işlab çiqariş samaradorligini oşirişda muhim rol öynaydi. Uşbu jarayon bevosita va darhol sezilmasligi mumkin, biroq örta muddatda raqobat kuçayişi orqali iste’molçilar uçun ham ijobiy ta’sir körsatadi.

Ammo JSTga kiriş hamma uçun "bayram" emas. Iqtisodiyotda Jozef Şumpeter aytgan "yaratuvçi buzğunçilik" (creative destruction) jarayoni qisqa muddatlarda röy berişi mumkin.