Iyul oyida davlatga xiyonat ayblovi bilan qölga olingan rossiyalik jurnalist Ivan Safronov işi böyiça yangi ma'lumotlar paydo böldi. 17 dekabr kuni ötkazilgan jonli muloqotda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Safronovning qölga olinişi «Roskosmos»dagi faoliyati bilan boğliq ekanini aytgandi.
Öz vaqtida Safronov faoliyat olib borgan «Vedemosti» muxbirlari tergov xulosasi bilan tanişişga muvaffaq bölgan va unda Putin aytganidek Safronovning «Roskosmos»dagi faoliyati bilan boğliq heç narsa bölmagan. Safronov harbiy va kosmik sohani keng yoritgani uçun «Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozinning axborot masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangandi. Bu lavozimda ikki oy işlagan jurnalist davlatga xiyonatda ayblanib, qölga olingandi.
Keyinçalik Safronov Çexiya razvedkasi bilan hamkorlik qilgani haqida ma'lumotlar paydo böldi. Ayblovga köra, Safronov «Kommersant'» gazetasida işlagan vaqtida çex razvedkasi bilan hamkorlik qilişni boşlagan va ularga Rossiyaning Afrika mamlakatlari bilan harbiy hamkorligi haqida ma'lumotlar berib turgan. Şuningdek, Safronov Rossiya qurolli kuçlarining Yaqin Şarqdagi harakatlari haqida xorij razvedkasiga xabar berib borgani aytilgan. Biroq tergov davomida Putin aytgan Safronovning «Roskosmos»dagi faoliyati bilan boğliq ayblov ilgari surilmagan.












