Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin «Federal xavfsizlik xizmati töğrisida»gi qonunni imzoladi. Unga köra FXX organlari haqidagi materiallarni idora rahbariyati ruxsatisiz e'lon qiliş va tarqatiş taqiqlanadi.

Foto: Aleksandr Şçerbak / TASS

Gap harbiylar, davlat xizmatçilari, FXXning amaldagi va iste'foga çiqqan xodimlari tomonidan kasbiy sirni saqlaş haqida bormoqda. Qonunda kasbiy sir davlat siri yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sir bölmasligi mumkinligi qayd etib ötilgan, biroq özgarişlar mualliflari bunday axborotni tarqatiş FXX xafsizligiga «tahdid uyğotişi» yoki «ularning nufuziga ziyon yetkazişi» mumkin deb hisoblaşadi.

Kasbiy sir mavjud bölgan axborot e'lon qilinişidan avval FXXda «ekspertlik baholaşi»dan ötişi kerak. Bu jarayonsiz uni tarqatiş taqiqlanadi. Axborotlar röyxati va baholaş ötkaziş tartibi xizmat rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.

AVG Legal’ning boşqaruvçi hamkori Aleksey Gavrişevning RBK’ga ma'lum qilişiça, FXX faoliyati haqidagi axborotni tarqatganlik uçun mas'uliyatni maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilişga tenglaştirişlari mumkin — ham maxsus xizmati xodimlari uçun, ham OAV uçun.

«Yumşoqroq qilib aytganda, bu qörqinçli körinmoqda. Çunki şunçaki axborot va xizmatning professional faoliyati töğrisidagi axborot örtasida juda yupqa farq bor», – deydi u.

Muxolifatdagi siyosatçi, Davlat dumasining sobiq deputati va FXXning iste'fodagi zobiti Gennadiy Gudkovning fikriça, uşbu taqiq yoppa senzuraga urinişdir. «Meduza»ga bergan intervyusida u «FXX tanqiddan va özining har qanday nönoq işlari va hiylalari tilga olinişidan ölgudek qörqişi, idorada professionalizmdan asar ham yöqligi: soxtalaştiriş, provokatsiyalardan iborat ekanligi»ni aytib ötgan.

«Agar seni qonunni buzadigan bölsang, prokurormi, OAVmi – farqi yöq, seni nazorat qilişga har qanday uriniş ğazabingga sabab böladi, lekin bu ablahlarning pozitsiyasi», – degan u.