Safronov işi. Jurnalistga nima uçun 24 yil söraşmoqda?
|21:20 / 01.09.202225 03817 min
Jurnalist Safronovga 24 yil qamoq jazosi söraşdi. U Rossiya va Misr örtasidagi maxfiy harbiy kelişuv haqida yozgandi.
Foto: Anton Novoderejkin / TASSFoto: Anton Novoderejkin / TASS
30 avgust kuni Moskva şahar sudida davlatga xiyonatda ayblanayotgan jurnalist Ivan Safronov işi böyiça tomonlar munozarasi ötkazildi. Prokuror jurnalist uçun 24 yillik qamoq jazosi söradi.
BBC muxbiriga köra, Safronovga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar bevosita uning jurnalistik faoliyati bilan boğliq. Gap şundaki, 2019 yil Safronov Rossiya Misrga Su-35 qiruvçi samolyotlari yetkazib berişi töğrisida maqola yozadi. Bu esa Misr mudofaa tizimidagilar orasida mojaro kelib çiqişiga sabab bölgan. Rasmiy Qohiraning bu maqoladan noroziligi töğrisidagi bildirişnomasi Safronovga nisbatan qözğatilgan davlatga xiyonat ayblovi doirasidagi işga biriktirilgan. Federal xavfsizlik xizmati tergovçilari guvohlarga ham aynan şu mavzuda savollar bergan.
Safronov qamoqxonada allaqaçon 2,5 yil muddat ötkazdi. FXX va Kreml uning qölga olinişi jurnalistik faoliyati bilan boğliq emasligini iddao qilib keladi. Bu borada Putin ham gapirgandi. «U şunçaki hukumatga qarşi çiqqan norozi kayfiyatdagi jurnalist emas, uni professional jurnalistik faoliyati uçun qamoqqa olişgani yöq», degandi Rossiya prezidenti.
FXX Safronov işida deyarli barça guvohlardan unga nisbatan ilgari surilayotgan ayblov jurnalistik faoliyati bilan boğliq emasligi töğrisida körsatma olgan. Ayblov xulosasiga köra, Safronov Çexiya fuqarosi Martin Lariş va germaniyalik siyosatçi Demuri Voronin bilan hamkorlik qilgan. FXX bu ikki odamni razvedkaçi deb atagan. Unda aytilişiça, Safronov ismi keltirilgan odamlarga Rossiyaning boşqa davlatlar bilan harbiy hamkorligi haqidagi yettita fayl bergan va bu fayllarda maxfiy ma’lumotlar bölgani aytiladi.
«Proyekt» loyihasi Safronov çet el razvedkasi vakillariga bergani aytilayotgan ma’lumotlar oçiq manbalarda borligi, hatto OAVda e’lon qilinganiga e’tibor qaratgan. BBC jurnalisti aniqlagan ma’lumotlarga köra, göyoki davlatga xiyonat ayblovi böyiça Safronovni kuzatiş aynan öşa şov-şuvli maqolasidan keyin boşlangan.
BBC bu borada suriştiruv ötkaziş jarayonida tahririyatga şaxsini oşkor qilişni istamagan şaxs tomonidan misrlik mansabdorlarning Rossiya Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmatiga yozgan ikkita xati kelib tuşadi. Manba bu yozişmalarni öqiş vakolatiga egaligini aytgan. Xat 2019 yil bahorda, Safronov va uning hamkasbi Aleksandr Jorjyeviç «Kommersant»da Su-35 qiruvçi samolyotlarining Misrga yetkazib berilişi borasida maqola e’lon qilganidan keyin yozilgan. Safronovning advokati Yevgeniy Smirnovning aytişiça, uşbu xatlar mijozining davlatga xiyonat ayblovi böyiça işiga ham kiritilgan.
Mavzuga oid
Nega misrlik generallarga Rossiyada senzura kerak bölib qoldi?
2019 yil 18 mart kuni «Kommersant» gazetasida «Su-35 Misr kuçlarini mustahkamlaydi» sarlavhasi ostida maqola çop etiladi. Unda Moskva rasmiy Qohira bilan 20 dan ortiq Su-35 qiruvçi samolyotlarini butlovçi qismlari bilan birga 2 milliard dollarga sotiş böyiça kelişuvga erişgani hikoya qilinadi. Uşbu xabar mudofaa sanoatidagi ikki top-menejyerga asoslanib beriladi.
Bu xabar rus mediasida tezda tarqalib ketadi. Mamlakatdagi barça katta naşrlar «Kommersant»ga asoslanib bu haqda xabar beradi, telekanallarda syujyetlar ham körsatiladi. «Interfaks» esa öz manbalariga asoslanib samolyotlarni yetkazib beriş allaqaçon boşlanib bölganini yozadi. Bu esa Safronov töğri xabar berganidan dalolat edi.
Bu xabarni tezda Rossiya qiruvçi samolyot yetkazib bergan buyurtmaçilar ham öqişadi. Mirsning mudofaa masalalari böyiça Moskvadagi attaşesi general Muhammad Mansiy Rossiya Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmatiga xat yozib, bu borada tegişli çora körişni söraydi. Ikkinçi xatni Misr armiyasi boşqarma boşliği general-mayor Tariq Said Zaglul yozadi. Bu xat ança keskin ohangda bitilgan bölib, unda yozilişiça, maqola çiqqan vaqtda AQŞda bölib turgan Misr arab respublikasi boş ştabi boşliği noqulay ahvolga tuşib qoladi.
Rossiyaning Su-35 qiruvçisi (arxiv foto)
2019 yilda Misr armiyasi boş ştabi boşliği lavozimida Muhammad Farid Xegaziy işlayotgandi. Oçiq manbalarda uning AQŞga taşrifi haqida xabar yöq, ammo 20-22 mart kunlari Vaşingtonda AQŞ va Misr harbiy doiralari örtasida uçraşuv ötkazilib, unda tomonlar bir-biriga qandaydir norozilik bildirgani haqida ham söz boradi. Safronov «Kommersant»dagi maqolasida Misr Rossiyadan samolyot sotib oliş orqali AQŞ sanksiyalariga uçraşi mumkinligi haqida yozgandi.
General-mayor Tariq Said Zaglul yozgan xatda aytilişiça, Mirs tomoni Rossiyadan bir neça marta harbiy hamkorlik şartnomalari böyiça ma’lumotlar tarqalmasligini ta’minlaşni söragandi.
«Kommersant»da e’lon qilingan maqola Misrda yo uçinçi tomonga berilgan signal yoki kutilmaganda OAV erkinligi ortidan çiqib ketgan deb qabul qilingan. Misr esa har qanday holatda harbiy hamkorlik böyiça xabarlar tarqalib ketişidan norozi bölgan.
Misrlik generalning xati oxirida Rossiyada harbiy hamkorlik töğrisidagi kelişuv tafsilotlari tarqalgani ikki davlat örtasidagi boşqa kelişuvlarga ham salbiy ta’sir qilişi, Misr boşqa davlatlar bilan munosabatda bosim ostida qolişi aytilgan. Şuningdek, general Zaglul harbiy hamkorlik tafsilotlari OAVda tarqalişi ortidan kelib çiqadigan har qanday salbiy oqibat uçun Rossiya tomoni javobgar ekanini yozgan. Xatda Rossiya tomonidan ikki davlat örtasidagi kelişuv tarqalişining oldini olişni ta’minlaş söralgan.
Iş qanday qilib davlatga xiyonat darajasigaça kötarildi?
Advokatlarning aytişiça, sud jarayonida Misrga Su-35 samolyotlarini yetkazib beriş haqida söz bormagan, ammo bu boradagi maqola işga kiritilgan. Şuningdek, işga kiritilgan aksar ma’lumotlar aynan maqola çiqqan 2019 yil bahoridan keyingi vaqtda sodir bölgan voqealarga taalluqli. BBC'ga köra FXX xodimlari 2019 yil may-iyun oylarida Safronovning uyidagi kompyuterdagi fayllarni körişga muvaffaq böladi. Jurnalistning kompyuterida foydalanuvçi unda nimalar qilayotganini körsatib turuvçi maxsus dastur ham örnatilgan bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Safronovning advokati mijozi 2014 yildan buyon Rossiya jinoyat kodeksining 283-moddasi – «Davlat sirini oşkor qiliş» ayblovi böyiça kuzatilganini aytdi. Ammo uning sözlariga köra, jurnalist Safronov bunday ayblov obekti böla olmaydi, çunki bunday modda davlat siri işonilgan yoki xizmat vaqtida davlat sirini bilişi mumkin bölgan xodimlarga nisbatan oçiladi. Safronov bunday maxsus xodimlar sirasiga kirmaydi. 2019 yil bahoridan boşlab esa Safronov «Davlatga xiyonat» ayblovi böyiça kuzatilgan.
Şartnoma nima bölgan?
Rossiya Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmati misrlik hamkorlaridan kelgan xatlarga qanday munosabat bildirgani aniq emas. BBC bu borada taşkilotga sörov yuborgan, ammo javob olgani yöq. Şuningdek, Rossiya va Misr örtasida Su-35 qiruvçi samolyotlarini yetkazib beriş böyiça kelişuv taqdiri ham noma’lum. Bunday kelişuv borligi haqida rasman ma’lumot ham berilmagan. Ammo 2019 yil 9 aprel kuni AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo mamlakat Misrni Rossiyadan Su-35 sotib olgani uçun sanksiyalar orqali jazolaşini aytgandi. Senatorlar Pompeodan Misrga bosim qilib, bu kelişuvni bekor qilişga erişişni söraydi. Ammo Pompeo öşa vaqtda Vaşingtonda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy uçun şu ogohlantirişning özi yetarli bölişini aytadi.
2019 yil noyabr oyida Pompeo Misrni Rossiyadan qiruvçi samolyot sotib olayotgani uçun ogohlantirgan, bu Misrga kamida AQŞ bilan oldi-berdi qilişda muammo tuğdirişini aytgandi.
2020 yil may oyida Rossiyaning TASS axborot agentligi mamlakat Misr bilan kelişuv asnosida yangiça turdagi Su-35 qiruvçilarini işlab çiqarişni yölga qöygani haqida yozadi. Xabarda «Kommersant»dagi Safronovning maqolasi asos qilib olinadi. Öşa yil Ivan Safronov qölga olingaç, iyulda OAV Su-35ning yangiça körinişiga e’tibor bera boşladi. 2021 yil iyun va dekabr oylarida bu samolyotlar Jukovskiydagi sinov-parvoz instituti aerodromida köriniş beradi.
2022 yil Fransiyaning Air&Cosmos naşri koinotdan olingan suratlarga asoslanib, Rossiyaning Misr uçun möljallangan Su-35 qiruvçilari Komsomolskdagi aviatsiya zavodida turganini xabar qildi. 2021 yil iyun oyida zavod maydonida 11 ta samolyot bölgan, dekabrga borib esa ularning soni 15 taga yetgan. Naşr bu samolyotlar Misr uçun möljallangan degan qarorga kelgan, çunki Rossiya avvalroq Misrga yetkazib bergan MiG-29M/MM qiruvçilarining kamuflyaji ham yangi Su-35nikiday bölgan. 2022 yilga kelib zavod samolyot maydonida 20 ta Su-35 paydo böladi. Fransuz naşri qiruvçilarning böyalgan tusidan bu Misr uçun möljallanganiga şubha qilmaydi.
Ayblovda Safronovning maqolasi haqida nima deyiladi?
OAVda e’lon qilingan ayblovda Safronovning «Kommersant»da e’lon qilgan maqolasi haqida ham söz boradi. Xususan, Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmati raisining sobiq örinbosari Konstantin Biryulin va «Rosoboronaeksport» matbuot kotibi Vyaçeslav Davidenkoning sözlari keltirilgan. Davidenkoning aytişiça, Safronov unga tez-tez qönğiroq qilib Rossiyaning harbiy hamkorlik masalalari böyiça ma’lumot olişga uringan. «Su-35 masalasidaçi?» degan savolga Davidenko «Şunga öxşaş» deb javob bergan.
Şuningdek, ayblovda aytilişiça, Safronovning maqolasi böyiça Boş harbiy prokuratura tomonidan tekşiruv ötkazilgan, «Rosoboronaeksport» tomonidan esa uni örganiş böyiça maxsus komissiya tuzilgan. Ammo ularning natijasi qanday bölgani haqida ma’lumot berilmagan.
Konstantin Byurilin ham Safronovning Misr bilan tuzilgan şartnomaga qiziqib yurganini tasdiqlagan. Qiziği, uning 2016 yil Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmatidan ketgani haqida birinçi bölib aynan Safronov «Kommersant»da xabar bergan. Biryulinning aytişiça, 2019 yil 17 mart kuni (maqola çiqişidan avval) Safronov unga qönğiroq qilib Su-35 haqida ma’lumot olişga uringan. Qiziği, öşa vaqtda Biryulin Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmatidan ketganiga uç yil bölgandi. Ayblov xulosasida uni «Taktik raketali qurollaniş» aksionerlik jamiyati xodimi sifatida körsatişgan. Konstantin Biryulin qiruvçi samolyotlar haqida maxfiy ma’lumotlarni biliş-bilmasligiga oydinlik kiritilmagan.
Maqola saytdan öçirilgan
Ayblovda «Kommersant» gazetasining 2021 yil 25 oktyabr kuni imzolangan rasmiy xati ham keltirilgan. Unda aytilişiça, 2019 yil çop etilgan Su-35 haqidagi maqola, şuningdek, 2014 va 2015 yillarda çop etilgan yana törtta maqola gazeta saytida bloklab qöyilgani aytiladi. Ma’lum bölişiça, «Kommersant» boş muharriri örinbosari Aleksandr Stukalinning tpşiriğiga köra Su-35 haqidagi maqola «Roskomnadzor» talabiga bilan öçirib taşlangan. «Kommersant»ning xatida ham, ayblov xulosasida ham maqolalar qaysi sababga köra bloklangani yoki öçirilgani aytilmagan. Ammo «tezkor-qidiruv tadbir» davomida tergovçilar uşu bloklangan maqolalar «maxfiy» darajadagi davlat sirini oşkor qilgani aytiladi. «Roskomnadzor» aynan davlat sirini foş qilgani sabab ularni öçirişni talab qilgan.
Qiziği, davlat sirini foş qilganlik uçun ma’muriy jazo qöllaş töğrisidagi modda Rossiya Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga 2016 yilda kiritilgan. Ammo işda Safronov 2014 yildan buyon maxfiy ma’lumotlarni tarqatib kelgani aytiladi. «Kommersant» gazetasi arxivida esa Rossiyaning harbiy-texnik hamkorligi böyiça Safronovning önlab maqolalarini topiş mumkin. Xususan, Misr bilan hamkorlik haqida. 2011 yil «Rosoboronaeksport» rahbari Anatoliy Isaykin Rossiyaning Liviya, Tunis va Misrga qurol yetkazib beriş böyiça kelişuvlar bekor bölgani haqida oçiq aytgan ham.
2012 yil Safronov Misr Amerikadan tank sotib olayotgani, Rossiya uçun bu bozor deyarli yopiqligi haqida yozadi. 2013 yilda esa jurnalist aksar davlatlarda, xususan, Misrda harbiy buyurtmalarni sotib olişda oddiygina javobgarlik yetişmasligi haqida suriştiruvni tarjima qiladi.
2016 yil Safronov Rossiya Misrga «Antey-2500» tizimi uçun ehtiyot qismlar yetkazib bergani haqida yozib, bu ikki davlat örtasidagi 3,5 milliard dollarlik kelişuv doirasida amalga oşirilganini aytadi. Öşanda Misrga bir neçta «Buk-M2E» tizimlari, vertolyot butlovçi qismlari, «Kornet-E» zenit-raketa komplekslari yetkazib berilgandi. Şuningdek, öşa vaqtda Rossiya Misrga 46 ta MiG-35 qiruvçi samolyotlari yetkazib berişi kutilgan va bu savdo 2 milliard dollarga baholangandi.
2017 yil Safronov Rossiya Misrga Ka-52 zarbdor vertolyotlari yetkazib berişi haqida yozilgan maqola mualliflaridan biri böladi. 2018 yilda esa Misrdagi maşğulot parvozida MiG-29M/M2 qiruvçi samolyoti halokatga uçragani haqida birinçi bölib aynan Safronov xabar qiladi.
Davlat siri bormidi?
2019 yil 26 mart kuni Malayziyadagi Lima-2019 körgazmasida «Rosoboronaeksport» rahbari örinbosari Sergey Kornev «Interfaks»ga «Kommersant»dagi maqolada keltirilgan şartnoma hali imzolanmaganini aytgandi. «Kommersant» bu xabarni öz saytida e’lon qiladi.
Köp ötmay, aprel oyida «Kommersant» Safronovning boşqa bir maqolasi sabab yangi mojaroga öralaşib qoladi. Unda Rossiya hukumatida kadrlar özgarişi kutilayotgani, Rossiya federatsiya ittifoqi rahbari Valentina Matviyenko işdan ketib, uning örnini Taşqi razvedka xizmati raisi Sergey Narişkin egallaşi aytiladi. Bu xabardan bir oy ötib esa Safronov «Kommersant»dan ketişga majbur böladi, çunki u özining maxfiy manbasi kim ekanini oşkor qilişni istamaydi. Safronov ketişi ortidan uni qöllaş maqsadida «Kommersant»dagi barça siyosiy blok muxbirlari işdan ketadi.
Safronov ketganidan bir kun ötib, 21 may kuni Moskva sudi «Roskomnadzor»ning «Kommersant»ga nisbatan da’vosini röyxatga oladi. Unga köra qonun bilan maxfiyligi qayd etilgan ma’lumotni oşkor qilgani uçun tahririyatga 1 million rublgaça jarima xavf solardi. Gazeta «Roskomnadzor» aynan nima asosida e’tiroz kiritganii borasida sörovlarga javob bermaydi. 3 iyun kuni Forbes naşri «Kommersant» saytidan «Su-35 Misr kuçlarini mustahkamlaydi» sarlavhali maqola yöqolib qolganiga e’tibor qaratadi. Safronov Forbes'ga maqolasi öçirilişi haqida heç qanday ogohlantiriş olmaganini ma’lum qiladi.
Forbes maqola yöqolib qolgani borasida xabar berganidan 4 kun ötib sud «Roskomnadzor»ning «Kommersant» ustidan qilgan şikoyatini yopib, uni körişni rad etadi. «Kommersant» xodimi Georgiy Ivanovning aytişiça, sud «Roskomnadzor»ning e’tirozida gap nimada ekani aniq körsatilmagan deb topadi.
Qiziği, Rossiyaning Misrga Su-35 qiruvçi samolyotlari yetkazib beriş borasidagi suriştiruvi öçirilgan bölsa-da, saytda xuddi şu ma’lumotlarni takrorlaydigan boşqa bir maqola turaveradi. Vaholanki FXX unda keltirilgan ma’lumotlarni maxfiy deb topgandi. «Misr Rossiyadan önlab Su-35 qiruvçi samolyotlari sotib olmoqda» sarlavhasi bilan e’lon qilingan xabarda şunday deyiladi: «Rossiya Misr bilan köp funksiyali Su-35 qiruvçi samolyotlari yetkazib beriş borasida kelişuv imzoladi. «Kommersant»ning mudofaa sanoatidagi ikki top-menejyer lavozimida işlaydigan manbasiga köra kelişuv 2 milliard dollarga baholanmoqda».
Aynan mana şu jumlalar sabab Misr tomoni Rossiyaga e’tiroz bildirib, jurnalist davlatga xiyonatda ayblanadi va uç yildan buyon qamoqda qolmoqda. Prokuror Safronovdan öz aybiga iqror bölsa, u uçun 24 yil emas, 12 yil qamoq jazosi söraşini aytadi. Ivan Safronov esa bu taklifni rad etadi.