Tadbirda Özbekiston va Kubaga taşkilot huzuridagi kuzatuvçi davlat maqomini beriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Tadbirda YeOIIga a'zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston, şuningdek, kuzatuvçi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakçilari iştirok etmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida Özbekistonning kuzatuvçi maqomini oliş töğrisidagi murojaati qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik bildirib, YeOIIning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgani, taşkilotning xorijiy mamlakatlar bilan amaliy hamkorlik geografiyasi keng ekanini alohida ta'kidladi.
Mamlakatda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqiçida Özbekiston barça xalqaro şeriklar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni izçil kengaytirib boriş, şu jumladan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan muloqotni rivojlantiriş tarafdori ekani qayd etildi.
Davlat rahbari bunday şeriklikni rivojlantiriş mamlakatlarning milliy manfaatlariga javob berişi, teng huquqlilik, özaro foyda va manfaatlarni hisobga oliş prinsiplariga asoslangan bölişi lozimligini alohida ta'kidladi.
Şu yil may oyida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvçi davlat maqomida iştirok etişi töğrisidagi taklifni ma'qullagan edi.











