16 sentabr kuni Samarqandda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Şanhay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari tor doiradagi majlisi bölib ötdi.

Tadbirda Hindiston boş vaziri Narendra Modi, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Xitoy raisi Si Jinping, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Şanhay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Çjan Min va ŞHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qömitasi direktori Ruslan Mirzayev iştirok etdi.

Samarqand sammitida imzolaş uçun salmoqli hujjatlar töplami – 40 dan ziyod bitim va qarorlar taqdim etildi. Ularda ŞHT davlatlari özaro boğliqlikni mustahkamlaş, sanoat kooperatsiyasi, “yaşil” iqtisodiyot, raqamlaştiriş, savdo kabi yönalişlarda hamkorlik qilişga doir umumiy yondaşuvlari aks etgan.

Özbekiston prezidenti ŞHTning bloklarga qöşilmaslik maqomini, oçiqlik va keng hamkorlikka qaratilgan ruhini saqlaş, murosa, teng huquqlilik va özaro hurmat prinsiplariga amal qiliş zarurligini alohida ta’kidladi.

Şularni hisobga olib hamda ŞHT doirasidagi köp qirrali şeriklik samarali tajribasiga tayanib, davlat rahbari yaqin yillarda hamkorlik asosiy yönalişlaridagi ustuvor vazifalarni hal etişga doir taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.

ŞHT faoliyatini bugungi voqelikka moslaştiriş, iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohalarida hamkorlik qiliş, transport jihatidan özaro boğliqlikni mustahkamlaş, ekologiya masalalari, madaniy-gumanitar aloqalarga töxtalib ötildi. Xavfsizlik muammolari va Afğonistondagi vaziyatni tartibga solişga alohida e’tibor qaratildi.

Sözi yakunida prezident ŞHT kelajagi va mamlakatlar rivoji köp jihatdan bahamjihat va samarali işlaşga boğliq ekanini ta’kidladi. «Biz birgalikda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz taraqqiyoti va farovonligi yölida taşkilotni yangi marralarga olib çiqişga qodirmiz», – deya işonç bildirdi Şavkat Mirziyoyev.