Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabrdan transport ijarasi bo‘yicha ayrim shartnomalarni notarial tasdiqlash talab etilmaydi
2022 yil 1 sentabrdan fuqarolar va yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar o‘rtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, bunda mazkur shartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.
2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxirigacha:
- 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;
- litsenziya varaqasi berishda avtomobil ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.
2022 yil 1 sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Mavzuga oid
00:03 / 13.04.2026
Toshkentda intellektual transport tizimi joriy etilmoqda
09:50 / 23.03.2026
«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda
17:45 / 19.03.2026
Toshkentda Ramazon hayiti kuni ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi
09:13 / 19.02.2026