10:48 / 25.05.2021
939

2020 yilda Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik tadbirlar uchun qancha mablag‘ sarflangani ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

24 may kuni Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar uchun 44,1 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘lar sarflangan.

Shuningdek, 2020 yil Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan 149 ta loyihalarga ajratilgan mablag‘lar miqdori 207,1 mlrd so‘mni tashkil etganligi qayd etildi.

Shuningdek yig‘ilishda «2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish dasturi» ijrosi yuzasidan ham axborot berildi.

Ta'kidlanishicha, Dasturga muvofiq joriy yil 1 may holatiga 840 ta (62 foiz) loyiha (4 trln 777,8 mlrd  so‘mlik) ishga tushirilib, 5 ming 75 ta (29 foiz) yangi ish o‘rinlari yaratildi.  

Hozirda Orolbo‘yi hududlarida Xalqaro moliya institutlarining qiymati 1 326,7 mln AQSh dollariga teng 20 ta loyihani amalga oshirish ishlari olib borilayotganligi ta'kidlandi.

Top