Özbekistonda ba’zi ota-onalar farzandini xorijga olib çiqib ketişi yoki ularni nazoratsiz qoldirişi oqibatida maktabga muttasil bormaydigan öquvçilar qatlami şakllangan. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi boşqarma boşliği Azamat Kamolov ma’lum qildi.

«Özbekistonda umumiy örta ta’lim majburiy ta’lim hisoblanadi. Biz surunkali dars qoldiruvçi öquvçilar böyiça örganişlar olib borganimizda ayrim ota-onalar «uç kunlik safar», «davolanişga ketyapmiz» degan turli sabablarni körsatib, farzandini xorijga olib çiqib ketgan holatlar aniqlandi. Oqibatda bola surunkali ravişda maktabga kelmagan… Farzandini dars vaqtida maktabga emas, işlaşga jalb qilayotgan ota-onalar ham yöq emas. Şuningdek, ota-ona nazorat qilmasligi oqibatda uydagilarga «maktabga ketdim», deb internet-kafe yoki boşqa köngiloçar joylarda vaqt ötkazadigan öquvçilar borligi ham aniqlanmoqda», dedi u.

Vazirlik vakili ta’lim sifatidan qoniqmay, maktabga emas, repetitorga borayotgan yoki sinfxonalar sovuqligi, yöllarning abgor ahvoldaligi sabab darslarda iştirok etmayotgan öquvçilar haqidagi savolga quyidagiça javob bergan:

«Repetitorga, asosan, 10−11-sinf öquvçilari xorijiy tillarni örganiş yoki oliy öquv yurtiga kirişda böladigan test sinovlariga doir fanlardan tayyorlanişga boryapti. Töğri, öquvçilarning maktabga muntazam kelişi, davomatning yaxşi bölişi ta’lim sifatiga va jozibadorlikka ham boğliq. Bugungi kunda ta’lim sifatini yaxşilaş borasida işlar qilinmoqda. Maktablarda ham ingliz tili darslari ötilyapti. Lekin öquvçi ota-onaning mablağini olib, öquv markaziga borib, qöşimça örganyapti. Mana şu kabi muammolarni hal qiliş uçun ötgan yili 500 nafar xorijiy til mutaxassislari çet eldan keltirildi. Ular Respublika böylab turli maktablarda xorijiy tilni öqitmoqda, barçasining yaşaş joyi, maoşi davlat tomonidan qoplanmoqda. 2024−2025 öquv yilidan boşlab çet tilini örgatiş uçun xorijdan yana 1,5 ming nafar malakali mutaxassis olib kelinadi. Bu esa öquvçilarning öquv markazlariga borişining oldini oladi. Davlat maktablarda umumiy örta ta’lim uçun hammaga teng şaroitni yaratdi. Ayrim ijtimoiy muammolar, albatta, mahalliy hokimliklar kömagida hal böladi. Bu masalalar sababli öquvçi darsga kelmasa, inobatga olinadi», dedi boşqarma boşliği.

Azamat Kamolov sözlariga köra, 6 million öquvçidan 14 ming nafardan ziyodi muttasil ravişda darsga kelmayotgani aniqlangan. Ularning 9 mingdan ortiği ta’limga qaytarilgan. 5 ming nafar öquvçi böyiça ham örganiş işlari olib borilyapti.

Uning ma’lum qilişiça, 2023 yilda farzandi tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (Bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortilgan.