«Şördanak» va «Qalpoq» ijodkorlari YHXB xodimlari haqidagi hazillari uçun uzr söraşdi. Aslida nima bölgan edi?
|04:15 / 10.06.202097 15918 min
IIV YHXBBning Telegram’dagi kanalida «Şördanak» va «Qalpoq» hajviy dasturi ijodkorlari xodimlari haqida tayyorlagan yumoristik körsatuvlaridagi hazillari uçun munosabat bildirgan videolar e'lon qilindi. Aslida holat qanday bölgan edi? Kun.uz muxbiri voqea iştirokçilari bilan boğlanib, ularning fikrlari bilan qiziqdi.
«Uzr söratişni umuman yöqotamiz!»
Şoxruh Ğiyosov, IIV axborot xizmati rahbari:
– Rolikni Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tayyorlagan. YHXBBda yangi axborot xizmati taşkil etildi, ular turkum körsatuvlar tayyorlaşmoqçi. Şu maqsadda yoş ijodkorlar yiğilgan. Ular tizimga yangilik kiritiş, turli hajviy guruhlar bilan hamkorlikda YHXB bilan boğliq hazillarini rolik tarzida tayyorlaşmoqçi edi.
Şu maqsadda hajviy körsatuvlarning mualliflarini yiğib, ulardan fikr olingan, nima qilsak böladi, qanday videolar olinsa, jamoatçilikka manzur keladi deb söraşgan. Suhbat yozib olingan va unda qatnaşganlar heç bir joyda uzr söramagan, faqat ötirib suhbatlaşişgan.
U yerda boşqalar ham bölgan. Ular bilan birga ötirib, gaplaşişgan. Sohani yaxşilaş uçun nimalar qilişni taklif etasiz, haqiqatan ham “GAI”ni poraxör deb öylaysizmi, soha xodimlarini hajv qilgan ekansiz, şuning örniga kelajakda boşqaça qilsak, qanday böladi deb suhbatlaşilgan. Ular ham rozi bölişgan. YHXBB axborot xizmatining xatosi orqa fonni öxşata olmagan, gaplaşiş tarzi öxşamagan, kamera oldiga ijodkorlarning özini ötqazib qöyişgan.
Montaj vaqtida, rolik qilayotganda esa yana xato qilişgan. Suhbatni töliq çiqariş örniga jamoatçilik tomonidan salbiy kutib olingan joyini çiqarişgan. Şunaqa qilsak yaxşi böladi deb öylagan-da endi. Natijada hammasi mutlaqo teskari bölib ketdi, “Şördanak” va “Qalpoq” ijodkorlari ham xafa bölişdi.
Buni çiqarişdan oldin aslida men körib berişim kerak edi. Qaysidir joyda qaysidir rahbar kelib, aqllilik qilgan. Töxta, mana bu joyini alohida çiqaramiz, degan. Natijada yaxşi niyatda boşlangan iş teskarisiga aylanib ketgan.
Aslida boşqa hajviy dastur mualliflari bilan ham suhbatlaşilgandi, endi ular çiqarilmaydigan böldi. Keça hamma salbiy fikr bildirdi, hatto Madaniyat vazirligi ham bu narsaga yöl qöyib bölmaydi degan bayonot bilan çiqdi.
Hajviy çiqişi, tanqidiy maqolasi uçun jurnalistlarni, ijodkorlarni izza qiliş maqsadimiz yöq. Aksinça, jurnalistlar bemalol murojaat qilsin bizga, blogerlar murojaat qilsin. Nima bölsa, biz oçiqmiz, tayyormiz. Qanday ma'lumot kerak bölsa, beramiz qöldan kelgança. Hajviy körsatuv mualliflari bilan sodir bölgan hodisa böyiça ham istalgan ma'lumotni beramiz. Çunki asl holat mutlaqo boşqaça bölgan.
Mavzuga oid
Yana bitta narsa. Uzr söratişni umuman yöqotamiz. Bu karantin paytida paydo bölgan an'ana, şuni nazorat qila olmadik. Natijada boşqalar ham şunday qiliş kerak ekan degan xayolga borib, bu ğalati çellenjga aylanib ketdi. Bundan umuman qutuliş kerak.
Odam qonun böyiça bir marta jazolanadi. Buzdingmi, şunga yaraşa jazo bor. Uzr söratiş, u odamni izza qiliş, hamma qarindoşining oldida uyaltiriş umuman notöğri narsa-da. Karantin paytida negadir şu narsa avjiga çiqib qoldi.
Röy bergan holat uçun biz ham rahbariyatdan gap eşitdik. Buning orasiga Yulduz Usmonovani ham qöşib taşlaşdi. Aslida maqsad boşqaça edi. Biz ham ijodkorlarning oldida uyalib qoldik. Çunki hammaning oldida “ana, uzr söraşdi-uzr söraşdi” bölib ketib qoldi. Endi özimiz ulardan borib uzr söraymiz. Çunki ularni noqulay holatga qöydik. Qarindoşlarining oldida, farzandlarining oldida noqulay qilib qöydik.
«YHXBBdagilar menga Qozoğistonga borib yaşang», deyişdi»
Rahmonali Suropov, “Qalpoq” hajviy dasturi ijodiy guruhi rahbari:
– May oyi boşida respublika YHXBBga borişimni söraşdi. Men ularga balki rolik kerakdir, şunga çaqirişayotgandir deb öyladim. Keyin xayolimga balki hali tölamagan jarimalarim uçun çaqirtirişyaptimikin degan öy ham keldi. Har xil xayolga bordim, lekin keçirim söratiş uçun çaqirganlari haqida umuman öylamagandim ham.
U yerga borganimda: «Siz nega bizni şarmanda qilib, bunaqa narsa suratga oldingiz», deyişdi. Bu hajviya bir yil oldin tayyorlangan edi. Telegram kanallari adminlari esa yaqin orada öşa qismini kesib, tarqatib yuborişgan. Lekin bizga bundan manfaat yöq, bir sömlik foydasi yöq buni tarqatişdan. Kim tarqatganiniyam bilmayman.
Menga: «Boşliğimiz sizni aslida jinoiy javobgarlikka tortiş kerak dedi», deyişdi. Men ijodkor bölsam, yumor bilan işlasam, qanday jinoiy javobgarlikka tortilişim mumkinligini söradim. Agar xohlaşsa, sudga berişlari mumkinligini aytdim. Jinoiy javobgarlikka tortilişim mumkinligini aytib, telefonda meni söroq qilgan xodimni şaxsan tanimayman.
Bundan taşqari, u mendan «Sizningça, “GAI”lar pul olişadimi?», deb söradi. Men esa «Nega olişmas ekan? Hozir bu gapni haydovçilar eşitsa, kulib yuborişadi», dedim. Örtada şunaqa gaplar böldi.
Ular menga notöğri harakat qilganimni aytişdi. Men esa bu ogohlantiriş demokratiyaga zid ekanini, Qozoğistonda ham «melisaxonalar» faoliyati bemalol yumor qilinişini ta'kidladim. Ular menga «Unday bölsa, Qozoğistonga borib yaşang», deyişdi.
Bundan taşqari, YXHB xodimlarining işi oğir ekanini aytişdi, men esa davlatdan maoş olgandan söng işlaşlari lozimligini aytdim.
Videoni körgan bölsangiz, men ulardan keçirim söraganim yöq. YHXBBga çaqirişganda xodimlar «Boşliğimiz Sardoba masalasida ketgan, biz izohingizni unga körsatamiz», deyişdi. «Men kameraga gapirişni xohlamayman, sizlardan keçirim söramayman», deb ogohlantirdim. Ular videoni faqat boşliqlariga körsatiş uçun suratga olamiz, degan edi.
Keça video ijtimoiy tarmoqlarda çiqqaç, biz bilan suhbatlaşgan YHXBB xodimlariga qönğiroq qilib nega ommaga tarqatilmaydi, deb va'da bergan bölişlariga qaramay, uni e'lon qilişganini söradim. Suhbat davomida ijodiy hamkorlik qiliş, birga qandaydir videolavhalar tayyorlaş haqida gap-söz bölgani yöq.
«Videoni faqat boşliğimizga körsatiş uçun yozib olamiz, tarqatmaymiz deyişgandi»
Erkin Çöliyev, «Şördanak» hajviy dasturi ijodiy guruhi rahbari:
– «Şördanak» hajviy dasturidan kesib olinib, IIV YHXBBning Telegram’dagi kanalida e'lon qilingan videolavha karantindan ança oldin efirga uzatilgan edi. Nima uçun oradan şunça vaqt ötgandan keyin bu YHXBBning e'tiborini jalb qilganidan, töğrisi, bexabarman.
Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasidan qayta-qayta qönğiroq qilişavergani uçun karantin çeklovlariga qaramasdan hurmatlarini qilib idoralariga borgandik. Ammo bizni “javobgarlikka tortamiz” yoki boşqa deb qörqitişgani yöq. Özaro suhbat davomida heç qanday bosim bölgani yöq. Bizga sohamizni kulgiga olyapsizlar, bu faoliyatimizga ta'sir qilyapti deb aytişdi.
Suhbat davomida YHXB xodimlariga nisbatan qilgan hazillarimiz uçun özimizni qandaydir aybdorday his qildik, özi bu hazilni qilmasak bölarkan degan xayolga bordik. Örtada gina-kudurat bölmasligi uçun “Hazillarimiz oğir botgan bölsa, bizdan ötgan bölsa, uzr, keçirasizlar. Agar bunday hazillarimiz yoqmayotgan bölsa boşqa bunday hazil qilmaymiz”, deb aytdik.
Bu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborişlarini bilmagandik. Bilganimizda umuman gapirmasdik. Ular çiqarmaymiz, video özimizda qoladi deyişgandi. Kamerani yoqişayotganda sababini söraganmiz, “Videoni boşliğimizga körsatamiz”, deb aytişgandi.
Hajviy dasturimizdagi hazillarimizni mamlakatimizda söz erkinligi sohasida bölayotgan özgarişlar, islohotlarga tayanib tayyorlaganmiz. Niyatimiz bitta – u ham bölsa odamlarga samimiy kulgi ulaşiş. Siyosat, iqtisod va boşqa sohalarni hajv qiliş tanlagan yönalişimizga töğri kelmaydi. Biz hajv orqali xalqimizga xuş kayfiyat ulaşişni oldimizga boş maqsad qilib qöyganmiz. Bu jarayonda odamlarning könglidagi gaplarni, kundalik turmuşda röy beradigan holatlarni olib çiqsak hazillarimiz haqqoniy, hayotiy çiqadi.
Bizning işimiz bilan jurnalistlarniki, matbuotniki bir-biriga öxşaş. Matbuot kötarib çiqolmagan illatlarni hajvçilar yumor tili bilan yoritib berişadi. Bu jarayonda badiiy töqima va boşqa ijodiy usullardan foydalaniladi. Öylaymanki, buning yomon tomoni yöq.
Qaysi soha bölmasin, kamçiliklar ustida işlansa, bu faqat yaxşilikka xizmat qiladi. Şu ma'noda YHXB xodimlarining xalq orasidagi obrösi, sohaning imijini yaxşilaş uçun ijodiy hamkorlik qilişni, hajv tili bilan sohadagi muammolarni körsatib berişni taklif qilgandim. Bu taklif IIV YHXBBdagilarga ham ma'qul bölgandi.
Keça bu narsalar tarqalgan vaqtda men s'yomkada edim. S'yomka jarayonidagi tanaffusda şogirdlar körsatib qolişdi buni. Asabimiz rosa buzildi. Bir amallab s'yomkani oxiriga yetkazib oldik. Mayli, salomat bölişsin, ammo bu işlari kayfiyatimizga yaxşigina ta'sir qildi. Yurtdoşlarimizning boriga şukr, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvçilarning fikrlarini öqib biroz özimizga keldik. Odamlar bizni qöllab-quvvatlaşmaganda, qaytanga tanqid qilib ketişganda bu soğliğimiz, ruhiyatimizga yaxşigina zarar yetkazgan bölardi. IIV buning uçun javob bera olarmidi keyin? Bu jiddiy masala.
Özi bir martagina çaqirişdi. “Bu işlaring ma'qulmas” bizga deb ogohlantirişdi. Biz ortiqça talaşib ötirmadik, xöp dedik. Agar xöp deb turib yana şu işni qilganimizdan keyin bu videoni tarqatişganda boşqa gap edi. Özimizda qoladi, faqat boşliğimiz körişi uçun yozib olamiz deya ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborişlari dilimizni oğritdi.
«Madaniyat va san'at sohasida çeklovlar qöyilsa, u heç qaçon rivojlanmaydi»
Madaniyat vazirligi ham «Qalpoq» hamda «Şördanak» hajviy körsatuvlari ijodkorlari YHXB xodimlari haqidagi hazillari uçun içki işlar organlari xodimlaridan keçirim söragani aks etgan videolarga munosabat bildirdi. Unda qayd etilişiça, madaniyat va san'at sohasida çeklovlar qöyilsa, u heç qaçon rivojlanmaydi.
“Madaniyat vazirligi hajviya, satira, askiya borasida san'at va ijodni çegaralamaslikni ma'qullaydi. Yillar davomida hajviya orqali jamiyatdagi muammo va illatlarni yöq qilişga qaratilgan, bu yöl orqali turli soha yönalişlarini isloh qilişga ham kömaklaşilgan. Bu xuddi jurnalist va blogerlarning bir muammoni olib çiqib, uni xal etilişiga qaratilgan mavzularga öxşaydi. Şunday ekan, unda nima uçun bu hazillar örinli qabul qilinmaydi, degan savollar ham yöq emas.
Agar hajviya biron-bir şaxsga tegişli bölib, uni kamsitilişiga qaratilgan bölsa, Madaniyat vazirligi bunday ijodlarni qöllab-quvvatlamaydi. Zero, xoh hajviya, xoh drama, askiya hamda satira orqali jamiyatdagi illatlarni davolaşga qaratilgan mavzular yoki voqealar namoyon etilsa, uni heç narsa bilan yöq qilib bölmaydi.
Tarixga bir nazar solsak, özbek hajviy adabiyoti sermazmun tarixga egadir. Hajv, satira-voqelikni aks ettirişning alohida ğoyaviy-badiiy prinsipi sifatida barça sivilizatsiyalaşgan xalqlar adabiyoti, şu jumladan özbek xalqining ham oğzaki va yozma ijodlarida qadimdan katta örin olib kelgan. Ijtimoiy illatlarning kulgili tanqidi bölgan satira özbek xalq ijodida ham keng tarqalgan edi. Nasriddin afandi, Aldar kösa kabi töqima obrazlar hajviy, milliy qahramonlar öz zamonasining illatlarini xalq orasida askiyalar va hajviyalar bilan namoyiş etişgan. Qadimdan xalqni içida hajviya, satira, askiya kabi yumoristik ijodlar keng tarqalib, ommalaşgan.
Xullas, madaniyat va san'at sohasida çeklovlar qöyilsa, u heç qaçon rivojlanmaydi”.
Jamoatçilik qanday fikrda?
IIV YHXBB tomonidan «Şördanak» va «Qalpoq» hajviy körsatuvlari ijodkorlarining tarmoq xodimlarini hajv qilişgani uçun «söroq» qilinişgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va blogerlar muhokamasiga sabab böldi. Bu holatni ular ijod erkinligining böğilişi, senzuraning bir körinişi sifatida talqin qilişmoqda.
“Biz qaçon masalalar zamonaviy va qonuniy yöl bilan, ya'ni sud orqali hal qilinadigan davrga kelamiz? Qaçongaça muammolar uzr söratiş, sazoyi qiliş kabi qoloq, şubhali, samarasiz va insonni kamsituvçi usullar bilan hal qilinadi?» –deb yozadi bloger Şahnoza Töraxöjayeva.
«Şördanak» ham uzr sörabdi. Biror mavzuga aralaşiş mumkin emas, şekilli. Ijod erkinligi qayerda qoldi?! U mumkinmas, bu mumkinmas bilan qayergaça boramiz?» – deydi jurnalist Fazliddin Sattorov.
«Bugun tarmoqda IIV tomonidan tayyorlangan video tarqala boşladi. Unda “Şördanak” hajviy guruhi a'zolari IIO xodimlari haqida tayyorlagan yumoristik roliklari sabab ötinib keçirim söraşgan.
Men yagona tuşunmagan narsam — endi ijod uçun ham uzr söraş kerakmi? Mutaassiblik emasmi bu? Hazilni şunçaki qabul qilişni qaçon örganamiz? Nima GAI xodimlarining hammasi avliyomi? Ular heç ham pora olişmaganmi?
Unda yozuvçi Tohir Malik «Şaytanat» uçun organ xodimlaridan, Ğafur Ğulom «Şum bola»dagi mullalar epizodi uçun diniy ulamolardan, Abdulla Oripov esa ayrim şe'rlari uçun bir neçta qatlam vakillari va mansabdorlardan keçirim söraşi kerakmidi? Ijod-ku bu. Nima bölyapti bizlarga. Nega bunday yaşin tezligida ğor asri tomon ketyapmiz? Baraka topgurlar, axir bu şunçaki yumor-ku. Oddiy yumor. Kuldirişdan boşqa maqsad közlamaydigan ijod turi.
Bu şunçaki ijod erkinligini böğiş va senzuralaşdir. Videodagi «krokodil köz yoşlari» uslubidagi uzrlar esa uning majburiyligidan dalolat. Sal bağrikengroq bölaylik. Yumorni bunday oğriqli qabul qiliş notöğri döstlar. Yöqsa, GAI xodimlari haqidagi minglab xalq latifalarini ham taqiqlaylik. Ularni aytgan odamlarni qamaylik.
Aytgança, qoğozga öramay, hajv qilmay, ijod doirasida emas, töğridan-töğri IIO xodimlarini haqorat qilgan va hatto sudga ham bormagan Yulduz Usmonova salom aytvordila», – deb yozadi bloger Nozim Safari.
“Özbekiston Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi (YHXBB) «Qalpoq»çilarga uzr sörattirib, juda xunuk, mutlaqo mantiqsiz iş qilibdi. YHXBB tizimida umrida pora olmagan halol xodimlar bölişi ham mumkin, bölganda ham ular juda köpçilikni taşkil etişi mumkin, ehtimol bodi-kameralar işga tuşgaç, Toşkentda pora oladigan «komandir»lar qolmagandir ham, lekin bu pora oladigan, tamagirlik qiladigan YPX xodimi umuman yöq, degani emas. Buni, menimça, hamma biladi (lekin YHXBBdagi qaysidir vallomat bilmaydi, deb öylayapman endi).
«Qalpoq» ijodkorlarini uzr söraşga majbur qiliş ğoyasi YHXBBning qaysi bir öta halol rahbaridan çiqqani noma'lum, lekin uning betakror mantiği böyiça endi «Million» kulgu jamoasi a'zolari ham uzr söraşi kerak, öşa rahbarning mutlaqo tuşunarsiz mantiği böyiça endi rahmatli Obid Asomovdan ham uzr sörattiriş kerak — lavhada aytilayotgan «25-kadr» aynan «Million»-u Obidning sahna körinişlarida kuçliroq aks etgan axir. Eng yomoni şuki, YHXBB tizimida şu topşiriqqa qarşi çiqadigan, heç bölmasa: «GAI paydo bölganidan beri, million yildan beri körsatiladigan yumor-ku bu», deydigan odam topilmagani. Eng ayançli odam — yumorni tuşunmaydigan, örni kelsa özining ustidan kula olmaydigan odam. U yuksak darajada halol bölişi mumkin, lekin baribir ayançli u.
«Qalpoq» ijodkorlarini uzr söraşga majbur qilganlar, menimça, «Taksi» filmidagi telbanamo komissar Jiber, «Puştirang pantera»dagi inspektor Kluzo, «Politsiya akademiyasi» seriali qahramonlari iştirokidagi lavhalarni körganda ham kulmasa kerak. Öşanda ham «huquq-tartibot posboni ustidan bunday kuliş, 25-kadr qiliş maqsadga muvofiq emas», deb ötirsa kerak. Urib turadigan yuragi, tanasida aylanadigan qoni bor robot böliş oson, lekin rostmana odam böliş baribir qiyin ekan”, – degan bloger va jurnalist Muhrim A'zamxöjayev.
“Ijodkorlarning hajviy körsatuvi uçun uzr sörattirayotganlarga bugun qarşilik qilmasak, ular ertaga salbiy qahramonlar aks etgan badiiy asarlarga öt qöyişni boşlaşadi.
Bunday dunyoqaraşi tor insonlar uçun hammayoqda ularni maqtaşlari kerak, hammayoqda faqat yaxşiliklar gapirilişi şart, illatlar va kamçiliklar mutlaqo aytilmasligi kerak. Xuddiki heç kim ularni tanqid qilmasa, tizim öz-özidan tozalanib, yaxşilanib qoladigandek.
Yaxşiyam Abdulla Qahhor, Ğafur Ğulom va Said Ahmadlar bugungi kunda ijod qilmayapti. Yöqsa turli sohalardagi illatlar hajv qilingan satirik asarlari uçun butun umri uzr söraş bilan ötib ketar edi.
Aytgança, Hojiboy Tojiboyevning oilasini ham qidirib boringlar, marhum qiziqçimizning qilgan hazillari uçun farzandlaridan uzr sörattirarsizlar balki, agar şu bilan könglinglar joyiga tuşsa.
He, örgildim...
P.S.: ayrimlarning oçiq haqorati uçun jazolaş qölidan kelmaganlar, bugun alamini boşqa ijodkorlardan olyaptimi, nima balo. Eng alam qiladigani, bunaqa ahmoqona işlarning ortidan sohadagi jonkuyar, fidoyi minglab xodimlar ham birdek aziyat çekadi, ularning ham yuzi şuvut böladi”, – deb ta'kidlagan huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev.