17 dekabr kuni Telegram foydalanuvçilari profillarini noqonuniy egallab olişga urinişlar köpaygani kuzatildi. 

Firibgarlar işlatayotgan usul taxminan quyidagiça: foydalanuvçi öz kontaktlaridan biridan sovğa – Telegram Premium’ga  obuna böliş haqida xabar olişi mumkin. Akkaunt egasi xabardagi tugmani (yoki havolani) bosadi, şundan söng u Premium obunani «faollaştiriş» uçun avtorizatsiya kodini oladi. Foydalanuvçi kodni kiritadi, oqibatda firibgar uning akkauntini öz kompyuterida oçadi. Şundan söng, öğirlangan akkauntdan bu xabar kontaktlar röyxatidagilarga jönatiladi. Oqibatda, akkauntlarning ommaviy öğirlanişiga yöl oçiladi. 

Mutaxassislar Telegram foydalanuvçilarini ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanişga çaqirmoqda, bunda hatto kodni kiritgandan keyin ham tajovuzkorlar faqat akkaunt egasi biladigan parolni kiritişi kerak böladi. 

Avvalroq firibgarlar Telegram akkauntlarini öğirlaş uçun turli tanlovlarda iştirok etiş taklif qilingan havolalar jönatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.