Namanganda “snos”ga tushgan uylar egasining roziligisiz buzib tashlandi
Namangan shahri Hamroh ko‘chasida yonma-yon joylashgan ikki xonadon mulkdorlar roziligisiz buzib tashlandi.
Kun.uz'ga murojaat qilgan Fozil Ustaboyevning aytishicha, uy uning nomida emas, balki eski egasining nomida. U qo‘shnilar uy unga tegishli ekanini tasdiqlovchi ko‘rsatma bergan hujjati borligini aytib o‘tdi.
Jamol Papalodzeda esa uyga tegishli hujjat mavjud. Shunday bo‘lsa-da, uning uyi ham roziligisiz buzib tashlangan.
Namangan shahar hokimligi mutasaddilari bu borada Kun.uz'ga izoh bermadi. Shahar hokimi o‘rinbosari Abdulbosit Ismoilovdan bu masalada intervyu berishini so‘raganimizda, mutaxassis topib berishini va u biz bilan aloqaga chiqishini aytgan. Lekin hech qanday hokimlik vakili biz bilan aloqaga chiqmadi. Bundan tashqari, intervyuni o‘sha hududda ko‘p qavatli uy qurayotgan quruvchidan ham olishimiz mumkinligini aytdi.
Qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas mulk obektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obekti mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan hollarda esa sud qarorida belgilangan kompensatsiya to‘liq taqdim etilgandan so‘ng yo‘l qo‘yilishi shart.
Bundan tashqari, ko‘chmas mulk obektini buzib tashlash to‘g‘risidagi qaror viloyat yoki tuman (shahar) hokimlari tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarori asosida tashabbuskor hamda mulkdor o‘rtasida kelishuv tuzilganidan hamda kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiya berilganidan so‘ng qabul qilinadi.
Namangandagi “snos”da bu ikkala tartibga ham rioya etilmaganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024
Namanganda qadimiy yerosti yo‘laklari, isitish tizimi va sopol quvurlar topildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
19:01 / 03.09.2024