Ben Gablik, AQŞ:

“Hozirda Toşkent Kimyo xalqaro universiteti talabasiman. Vatanimda harbiy fakultetning yadroviy texnologiyalar yönalişida öqiganman. Bu yerda esa rus tilini, turizm, tarix va din tarixlarini örganyapman. 

Talabalar almaşinuvi dasturida qatnaşişimning asosiy sababi sayohat qiliş orzusi bilan boğliq. Uşbu dasturgaça men faqatgina Meksikada bölganman. Özbekistonga kelib ta’lim oliş esa men uçun katta tajriba bölmoqda. Yangi madaniyat va tilni örganiş juda qiziqarli. 

Bu yerda til örganiş, maktabda dars beriş va maktabdagi basketbol jamoasiga murabbiylik qiliş men uçun juda maroqli bölmoqda. Darslardan taşqari basketbol bilan şuğullanaman. Döstim Robert bilan doimiy ravişda maşğulotlar ötkazamiz. Ikkimiz ham Vosiq xalqaro maktabida öquvçilarga murabbiylik qilyapmiz”. 

Robert Smit, AQŞ:

“Bu yerga bir neçta sabablarga köra kelganman. Eng avvalo, çet elga çiqişni, dunyo kezişni, boşqa millat va elatlarning urf-odatlari, madaniyatlari bilan yaqindan tanişişni istaganman. Özbekistonga kelganimdan afsuslanmayman, çunki bu yerdagi insonlar juda muloyim, mehmondöst va men bu yerda köp döstlar orttirdim.

Tengqurlarimga maslahatim, çet elda öqiş yoki özga yurtni örganiş imkoniyati tuğilsa, albatta, bu imkoniyatdan foydalaning. Siz bu orqali köp narsalarni örganasiz, eng asosiysi, musofirlikda hayotning qiymatini tuşunib yetasiz. Masalan, men 1 yil oldin Toşkentga kelib öqişim mumkinligi haqida orzu ham qilmaganman, ammo bugun men şu yerdaman va bundan umuman afsuslanmayman. Hatto, yana 6 oy şu yerda qolişni reja qildim. 

Amerika universitetlari bilan bu yerni soliştiriş qiyin. Çunki bu universitet hali yoş va doim dasturlarini yaxşilaşga, kamçiliklar ustida işlaşga harakat qilinayotganiga guvoh bölyapman. Professor-ustozlari ham malaka oşiriş kurslarida öqiyotgani, çet davlatlarga borib trening ötib kelişi rivojlaniş ketayotganidan dalolat beradi. Masalan, tibbiyot yönalişi qoşida klinika oçilişi ham katta natija.

Samimiy va xolis baholasam, universitet ta’limiga 10 balldan 6 ball bergan bölardim”. 

Mariko Russell, Amerika:

“Amerikadagi universitetim davlat oliygohi edi, Toşkent Kimyo xalqaro universiteti esa xususiy oliygoh. Men universitetlar orasidagi eng katta farq şunda deb hisoblayman. Bundan taşqari talabalarning bir biriga bölgan munosabati tubdan boşqaça. Bu yerdan barça bir biriga xuşmuoamala va barça bir-biriga öz oilasi a’zosidek qaraydi. Qolaversa öqituvçilar ham bu yerda juda tajribali. Ayniqsa rus tili öqituvçilari AQŞdagi universitetimga qaraganda bilimli va yuqori könikmali ekanini his qildim. Amerikada men faqat bizga dars bergan öqituvçilarimni bilardim bu yerda esa barçani inson sifatida yaqindan taniş va biliş imkoniyati mavjud.