Startup Garage taşabbusi doirasida mamlakatda innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan startap loyihalarga sarmoya jalb qilişda yordam beriladi. Şuningdek, har bir loyihada kamida 10 ta yangi ish örni yaratiş maqsad qilingan.

Keça, 20 iyul kuni Özbekistonda birinçi Startup Garage loyihasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Uşbu taşabbus Özbekistonda startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş, ularga sarmoya jalb qilişda kömaklaşiş va har bir loyihada kamida 10 ta yangi ish örni yaratiş maqsadida yölga qöyildi. 

Startup Garage doirasida yiliga 20 dan ortiq startap loyihani qöllab-quvvatlaş hamda bu orqali Özbekistonning texnologik va iqtisodiy rivojlanişiga hissa qöşiş rejalaştirilgan. 

Startup Garage asosiy e’tiborni yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt va innovatsion ğoyalarni rivojlantirişga qaratgan. Uşbu taşabbus hozirgaça beşta loyihani öz içiga olgan: Magicbot — SaaS B2B e-commerce platformasi. Humocommerce — tijorat va çakana savdo tizimlaştiriş platformasi. Pulse EV — elektr transport vositalari uçun zaryadlaş stansiyalari örnatuvçi va işlab çiqaruvçi kompaniya. Ish.uz — ish qidiriş va kadrlar yollaş platformasi. Vamar TMS — transport menejment tizimi.

Startup Garage iştirokçilarni zaruriy resurslar va tajribali murabbiylar bilan ta’minlaydi. Şuningdek, loyiha orqali startaplar uçun sarmoya jalb qiliş, yirik moliyaviy institutlar bilan aloqa örnatiş, boşqa startaplar bilan tajriba almaşiş va hamkorlik qiliş hamda reklama va marketing böyiça yordam oliş mumkin. 

Startup Garage Raqamli texnologiyalar vazirligi, AloqaBank, Aloqaventures va Mohirdev tomonidan taşkil etilgan bölib, uşbu taşabbus yana bir qator yirik banklar va moliyaviy taşkilotlar tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.