Joriy yilning 22 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudida Toşkent metallurgiya zavodi ta’sisçiligiga oid sud işi körib çiqilgan.

Zavodning 49,9 foizlik uluşga ega ta’sisçisi – Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi sudga murojaat qilib, korxonaning qolgan ikki ta’sisçisi – Kiprning Metalloinvest Holding (41,87 foiz) va Miramonte Investmens (8,23 foiz) ofşor kompaniyalariga qarşi da’vo arizasi kiritgan.

TMZ 2017 yil 26 yanvarda MÇJ sifatida röyxatdan ötkazilgan. Keyinçalik, jamiyat ustavining yangi tahriri tasdiqlanadi va u qöşma korxona sifatida qaytadan taşkil etiladi.

Gazeta.uz'ning e’tibor qaratişiça, sudga da’vo kiritgan Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi kombinatda bugungi kunda moliyaviy qiyinçilik yuzaga kelgani, 2022 yil yakunlari böyiça sof zarar 316,8 mlrd sömni, 2017-2022 yillarda töplangan zarar esa 916,92 mlrd söm (taxminan 79,5 mln dollar)ni taşkil etganini körsatib, korxonaning moliyaviy holatini yaxşilaş böyiça şoşilinç çoralar köriş zarurligini ta’kidlaydi. Jumladan, qöşma korxona ta’sisçilari 2023 yilga möljallangan biznes-rejani tasdiqlaşi, ilgari jalb qilingan, muddati ötib ketgan kreditlarni qaytariş muddatlarini uzaytirişi kerak bölgan.

Şuningdek, qarzlar va boşqa turdagi kreditlar berişga ixtisoslaşgan, ustav kapitali 10 ming rubl (taxminan 111 dollar) bölgan Rossiyaning “Xalqaro moliya texnologiyalari XXI” kompaniyasidan qöşimça mablağ jalb etiş kerakligi aytilgan. Bu korxonadan Rossiya Markaziy bankining asosiy stavkasiga (7,5 foiz) teng bölgan foiz stavkasi bilan 24 oy muddatga 1,5 milliard rubl (16,7 million dollar) jalb qiliş nazarda tutilgan.

Şu bilan birga, 2018 yil 24 oktyabrdagi sindikatlaştirilgan kredit şartnomasi şartlariga muvofiq zavod mulkini garovga qöyiş va boşqa masalalarni hal etiş közda tutilgan.

19 aprel kuni TMZ barça ta’sisçilarga, şu jumladan javobgar tomon – Metalloinvest Holding va Miramonte Investmens'ga qaror qabul qiliş muhim bölgan masalalar röyxati bilan iştirokçilarning navbatdagi umumiy yiğilişini çaqiriş töğrisida bildirişnoma yuborgan. 2 va 5 may kunlari korporativ poçta orqali mazkur korxonalar rahbarlariga (javobgar tomonlarga) takroriy bildirişnomalar yuborilgan.

Kiprda röyxatdan ötkazilgan Metalloinvest Holdinğning 100 foiz aksiyalariga egalik qiluvçi “Oskol elektrometallurgiya kombinati” AJ özining 5 maydagi maktubida javobgar tomon qöşma korxona faoliyatida, şu jumladan jamiyat a’zolarining umumiy yiğilişlarida qatnaşişdan boş tortişini ma’lum qilgan.