Zamona zayli şiddat bilan özgarayotgan davrda yaşayapmiz. Bugun bizni eng sönggi texnologiya ham hayratga solişi qiyin. Nima uçun bunday? Sababi bu olamda har lahzada özgariş bölyapti,  hayron qolişga ulgurolmayapmiz.

Barça sohalar avtomatlaştirilsa, biz insonlar nima bilan şuğullanamiz? Fikrni bir joyga jamlab, öylaş lozim: qaysi kasbni boşidan tutsam, ertaga u jamiyatga foyda olib keladi? Bugun tanlagan mutaxassisligim bilan kelajakda işsiz qolmaymanmi?

Bu borada yoşlarni kasbga yönaltiriş işlarining ahamiyati bölak. Xöş, Özbekistonda qaysi soha jadallik bilan rivojlanyapti, yaqin kelajakda qanday kadrlarga ehtiyoj ortadi?

«Özbekistonda qanday kasblar borligini özbek tilida biliş imkoniyati yöq»

Xuşnudbek Xudoyberdiyev (huquqşunos):

– Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 oktyabrdagi «Xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari klassifikatorini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarori (oxirgi marta 2019 yil 24 yanvarda qöşimçalar kiritilgan) qabul qilingan. Bu röyxatda, birinçidan, ma'nan eskirgan kasblar bor. Klassifikatorning yangilangan versiyasida tor doiradagi kasblar ham kiritilgan. Buni tan oliş kerak. Ammo baribir ham bozor iqtisodiyoti şaroitidagi mehnat bozoriga moslaştirib qayta körib çiqiş zarur.

Ikkinçidan, kasblar röyxati rus tilida berilgan. Uning özbekça rasmiy matni yöq. Bu yerda til masalasi dolzarb bölib turibdi. Xuddiki özbek tilida kasblarning nomini yozib bölmaydigandek taassurot uyğonmoqda. Özbekiston aholisining asosiy qismi özbek tilida sözlaşadi-ku. Yoşlarimiz yurtimizda qanday lavozimlar borligini öz ona tilida biliş imkoniyatiga ega emaslar.

20-30 yildan keyin hozir amalda bölgan ayrim kasblarga ehtiyoj qolmaydi. Bu şiddat bilan rivojlanayotgan texnologiya natijasida yuzaga keladi. Işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalari töliq avtomatlaştirilayotgan bir paytda 20-30 yildan keyin inson resursiga, ba'zi kasblarga talab mutlaqo yöqoladi. Masalan, töliq avtomatlaştirilgan taksilar hayotga tatbiq etilsa, haydovçilarning keragi bölmaydi. Yoki huquqşunoslarni olaylik: ularning örnini bosuvçi robot yaratilgan va undan bemalol huquqiy maslahat olişingiz mumkin. Demak, bu kabi holatlar kelajakda köplab kasblar istiqbolini xavf ostiga qöyadi.