NASA tomonidan uçirilgan koinot zondi Quyoşga rekord darajada yaqinlaşmoqçi. Parker Solar Probe şafqatsiz harorat va haddan taşqari radiatsiyaga bardoş berib, yulduzning taşqi atmosferasiga kirdi. Uşbu parvoz paytida, nihoyatda yuqori harorat şaroitida, bir neça kun davomida qurilma bilan aloqa uzilib qolgan. Olimlar undan 28 dekabr kuni signal olişni kutmoqda, şu vaqtda uning omon qolgani yoki yöqligi ma’lum böladi. NASA zond Quyoşning faoliyatini yaxşiroq tuşunişimizga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

«Odamlar asrlar davomida quyoşni örganib keldi, biroq unga yaqinlaşmagunça, atmosferasi haqida aniq tasavvurga ega böla olmaysiz. Şu tarzda, biz ham yulduzimiz atmosferasiga kirmagunça, uni baholay olmaymiz», dedi NASA ilmiy rahbari Nikola Foks BBC naşriga.

Parker Solar Probe 2018 yilda Quyoş sistemasi markaziga yöl oldi. U allaqaçon Quyoş yonidan 21 marta uçib ötgan va unga tobora yaqinlaşmoqda, ammo yangi yil arafasida bu yaqinlaşiş rekord darajada böladi. Eng yaqin nuqtada zond Quyoş yuzasidan 6,2 million km uzoqlikda bölişi kerak.

Bu unçalik yaqin emasdek tuyulişi mumkin, ammo NASA xodimi Nikola Foks buni şunday izohlaydi: «Biz Quyoşdan 149 million kilometr uzoqlikdamiz. Va agar Quyoş va Yer bir-biridan bir metr masofada joylaştirilsa, Parker Solar Probe Quyoşdan tört santimetr uzoqlikda böladi. Demak, bu juda yaqin».

Zond Tselsiy böyiça 1400 daraja haroratga va bort elektronikasiga zarar yetkazişi mumkin bölgan radiatsiyaga bardoş berişi kerak böladi. U 11,5 sm qalinlikdagi uglerodli kompozit qalqon bilan himoyalangan, ammo halokatga yöl qöymaslik uçun qurilma yulduzga yuqori tezlikda yaqinlaşib, keyin tezda undan uzoqlaşişi kerak.

Aslida u boşqa sun’iy obektlarga qaraganda tezroq harakatlanadi: uning tezligi 692 ming km/soat ni taşkil qiladi – bu Londondan Nyu-Yorkka 30 soniyadan kamroq vaqt içida uçiş bilan teng.

Zond Quyoşga şunçalik yaqin joyda paydo böladigan ulkan tortişiş kuçi ta’sirida bu tezlikka erişa oladi.

Xöş, Quyoşga yaqinlaşiş nega kerak bölib qoldi? Olimlar bu orqali Quyoşning toji bilan boğliq köp yillik sirni hal qilişga umid bildirmoqda.

Uelsdagi Fifth Star Labs astronomi Jyennifer Millard: «Toj juda va juda issiq va buning sababini bilmaymiz», deb tuşuntirdi.