Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonundagi ijobiy özgarişlardan biri – “ibodat libosi” tuşunçasi bekor qilingani haqida töxtalib ötdi.
“Keng jamoatçilik yaxşi kutib olgan özgarişlardan biri – “ibodat libosi” degan tuşunçani olib taşladik. Bu tarixan ham, yaqin ötmişimizda ham amaliyotda juda qiyinçiliklarni keltirib çiqarayotgandi.
Eslayman, 5-6 yil oldin boşqa taşkilotda işlaganimda, amaliyotda muammolar bölayotgani sababli “ibodat libosi” nima ekaniga aniqlik kiritiş böyiça topşiriq olgandik. Guruh yiğganmiz, köp-köp ekspertlar kelgan. Boşida atamaning ta'rifini darrov yozib taşlaymiz degan işonçimiz komil edi. Lekin keyin işga ötirib, konfessional yondaşuvdan kelib çiqib tahlil qilişni boşlaganimizda juda qiynalganmiz.
Oxir-oqibat “tupik”ka kirib, bu terminga heç qanday ta'rif bera olmasligimizni va ojizligizmini tan olganmiz. Bu – 5-6 yil oldin edi, u paytda bu qonunni qayta körib çiqiş harakatlari yöq edi. Faqat şu “ibodat libosi” tuşunçasi bilan muammo bor edi. Ana şu tuşunçani aniq belgilab, aniq taqiqini qöyiş nuqtayi nazaridan topşiriq bölgandi. Ya'ni qandaydir yengillik beriş emas, mavjud taqiqning aniqligini belgilab beriş haqida gap ketgandi.
Şuning uçun bizni qiynab kelayotgan mana şu termindan voz keçildi. Oldin ham aytganmiz, özimizdagi dehqonlar kiyadigan yaktak kiyganda ham, boşqa kiyganda ham javobgarlikka tortilgan holatlar bölgan – ibodat libosi sifatida qaralgan, şunday tan olingan. Şunaqa amaliyotlar ham bölgan, endi bunga çek qöyildi”, – dedi Ruslanbek Davletov 10 iyul kungi matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xalq ta'limi vazirligi maktab formasi böyiça talablar özgarmaganini eslatgan edi.












