O‘zbekiston | 00:42 / 18.10.2018
3145
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Rossiya eksport markazi vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekistonda Rossiya eksport markazi (REM)ning rasmiy vakolatxonasi ochiladi. Markaz bosh direktori Andrey Slepnev O‘zAga shu haqida ma'lum qildi

"O‘zbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan REM rasmiy vakolatxonasi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi qonuniy qadam bo‘lib, ikki mamlakat biznesiga amaliy hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Rossiyaning ko‘pgina kompaniyalari shu qadar istiqbolli va jadal rivojlanayotgan bozorga chiqishni ko‘zlamoqdaki, Rossiya eksport markazi ham ularga bu borada maksimal darajada ko‘mak ko‘rsatishga bel bog‘lagan. Joyida kompaniya mahsulot lineykasi, EKSAR va Roseksimbank mahsulotlari yordamida bitimlarni moliyalashtirish bo‘yicha to‘liq maslahatlar berishga qodir REM vakili ko‘magida Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun samarali muloqot maydoni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda", - deydi u. 

Shuningdek mutaxassis REM jamoasining vazifasiga alohida to‘xtalib o‘tdi:
"Rossiya eksport markazi jamoasining vazifasi mamlakatimiz kompaniyalari uchun yaratilayotgan sharoitlarni takomillashtirish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni ta'minlash, tashqi bozorga olib chiquvchi yangi kanallar va birinchi navbatda O‘zbekiston singari muhim va istiqbolli bozorlarda xorijiy savdo hamkorlarimiz bilan o‘zaro aloqalarning yangi mexanizmini yaratishga ko‘maklashishdan iborat. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik rivojining ijobiy dinamikasi, Rossiya kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga chiqishga qiziqishi ortishi, Rossiya biznesida mavjud raqobatli va yuqori texnologik yechimlardan kelib chiqib, kompaniyalarimiz O‘zbekistonda loyihalarini amalga oshirishda ishonchli va tajribali hamkorlar sifatida chiqishga, REM esa o‘z navbatida, ularni bu borada barcha yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor".

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid